Belorussiya, Ozarbayjon va Gruziya mamlakatlariga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Belorussiya, Ozarbayjon va Gruziya mamlakatlariga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida tashkil qilingan Markaziy Eksport shtabida Belorussiya, Ozarbayjon va Gruziya mamlakatlariga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish guruhi tashkil etildi.

Maxsus shtab orqali eksport qilish imkoni mavjud bo‘lgan mamlakatlar ro‘yhati

Siz bu imkoniyat orqali o‘z mahsulotlaringizni yuqoridagi mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘gri ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Murojaat uchun:

+998997232111

Singapurning yirik savdo majmuasi vakillari import maqsadida O‘zbekistonga keladi

Mohamed Mustafa and Samsuddin Co Pte Ltd kompaniyasi maʼlum qilishicha, uning vakillari j.y. 20-24 avgust sanalari Toshkentga tashrif buyuradi.

Oziq-ovqat, meva-sabzavot, qandolat mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlarni Singapurga import qilish yuzasidan maxalliy ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni rejalashtirgan.

Siz yuqorida ko‘rsatilgan eksport mahsulot ishlab chiqarsangiz, ushbu tashrifni eʼtiborsiz qoldirmang. Zero, bu eksport salohiyatingizni oshirish va networking uchun yaxshi vaziyat.

Murojaat uchun:

+998997232111

@UFIA_uz

O‘zbekistondagi ilk marta bo‘layotgan «Made in Pakistan» ko‘rgazmasiga tashrif.

Bugun, 28-iyun kuni Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmed Faruq taklifiga binoan tashrif buyurdi. Tashrifi chog‘ida bir qancha Pokistonning yirik eksportchi korxonalari, MG Agro Foods, F.A. International, Umar Ibn Agro Enterprises, Asian Natural Products, TKS Natural Stones, Hadroi Livestock & Meat bilan muzokalar o‘tkazdi.

12-14 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Peterfood-2024, 33-Xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma oziq-ovqat bozori va chakana savdodagi ishbilarmon auditoriyasi uchun ixtisoslashgan Rossiyadagi eng mashhur oziq-ovqat ko‘rgazmasi bo‘lib, unda 15 ta mamlakatdan 7500 dan ortiq ulgurji kompaniyalar, distribyutorlar va sotuvchilar yangi assortimentlarni xarid qilish maqsadida tashrif buyuradi. Bundan tashqari siz har qanday darajadagi va xarid hajmidagi yangi mijozlarni, shuningdek, ingrediyentlar, uskunalar va IT-yechimlar yetkazib beruvchilarini topishingiz mumkin.

Ko‘rgazma quyidagi tematik maydonlarga bo‘linadi:

  • Go‘sht, parranda go‘shti, tuxum;
  • Qandolat va non;
  • Ovqat pishirish;
  • Sog‘lom ovqatlanish;
  • Ichimlik va sharbatlar;
  • Murabbolar va siroplar;
  • Zirovarlar va souslar;
  • Sut mahsulotlari va pishloqlar;
  • Choy, qahva va kakaolar;
  • Oziq-ovqat va don mahsulotlari;
  • Makaron;
  • Sabzavodlar va mevalar;
  • Yarim tayyor mahsulotlar;
  • Asal va asalarichilik;
  • Saqlash uskunalari.

Peterfood ko‘rgazmasi eng foydali ishbilarmonlik aloqalarini olish va mahsulotlaringizni yirik korxonalar orasida targ‘ib qilish uchun eng yaxshi imkoniyatdir!

Murojaat uchun:

+998997232111

@UFIA_uz

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli eksportyorlar

Endi o‘z mahsulotlarini xorijga eksport qilish istagida bo‘lgan esportyorlarmiz Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan BMB-NRC Agrologistics- O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining quyidagi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin:

1.Mahsulotlarni qabul qilish va saralash;

2. Tayyor holatga kelgan mahsulotlarni qadoqlash va o‘z brendingiz ostida maxsus konteynerlarga joylash;

3. Belgilangan xaroratda sovutish hamda sifatli holatda saqlash;

4. Bojxona, deklarantlar, bank xizmatlari hamda fitosanitar hujjatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish;

5. Import qilinayotgan mahsulotlar uchun kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatadigan bojxona ombori xizmatlari;

6. Yuk mashinalaringizning xavfsizligi uchun TIR Parking xizmatlari.

Shuningdek, majmuamizda barcha qulayliklarga ega hostel va oshxona xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bir nechta xizmatlarimizdan foydalansangiz, maxsus chegirmalar ham mavjud. Narxlar borasida batafsil maʼlumotlarni

+998957802299

+998957782299

raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin.

25-iyun kuni Ground Zero Coworking markazida Qandolatchilik sohasi va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilardagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatiga 50 dan ortiq tadbirkorlar onlayn va oflayn tarzida ishtirok etdi, hamda sohada o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib turgan mavjud muammolarga yechimlar va takliflar tadbirkorlar tomonidan taqdim etildi.

Tadbir davomida Intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida davlat organida 5 yillik tajribaga ega mutaxasis, huquqshunos, Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga huquqiy maslahatchisi Dilshod Xujanov jamoaga tanishtirildi.

TADBIRKORLAR DIQQATIGA

Bugun, 25-iyun kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qandolatchilik sohasi va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilardagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlari bilan davra suhbati o‘tkaziladi.

Mazkur yo‘nalishda taklif va tashabbuslaringiz bo‘lsa, shuningdek davra suhbatida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz ushbu telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

+998997232111

25-iyun, 14:00.

GroundZero Minor Coworking (Minor)

Tadbirimizda online ishtirok etish uchun

Kuz mavsumning xalqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etishga taklif qilamiz!

XIX Xalqaro «UzAgroExpo – 2024» ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

XIX Xalqaro “UzProdExpo-2024” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

VII Xalqaro “InterPackExpo-2024” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

O‘tkazilish sanalari:

20-21-22 NOYABR

+998933900179

+998933810784

O‘tkazilish joyi: MKK AJ “O‘ZEKSPOMARKAZ”

Toshkent, O‘zbekiston.

Stendingizni bron qilishga shoshiling!

O‘zbekistonda navbatdagi MADE IN PAKISTAN ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 28-30-iyun kunlari Toshkent shahridagi UzExpoCenter ko‘rgazmalar saroyida navbatdagi B2C, B2B, B2G formatlarni o‘z ichiga qamrab olgan MADE IN PAKISTAN ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:

♦️To‘qimachilik;

♦️Axborot texnologiyalari;

♦️Jarrohlik va stomatologik asboblar;

♦️Farmatsevtika /Sog‘liqni saqlash;

♦️O‘simlik preparatlari;

♦️Qayta ishlangan oziq-ovqat;

♦️Yangi meva va sabzavotlar;

♦️Qurilish mollari;

♦️Avtomobillar, ehtiyot qismlar va mexanizmlar.

Uchrashuvlar quyidagi sohalar uchun manfaatli bo‘ladi:

-Importchilar, xaridorlar, distribyutorlar, agentlar va ulgurji sotuvchilar;

-Savdo va investitsiya vakillari;

-Xalqaro savdo bilan shug‘ullanuvchi logistika kompaniyalari;

-Yuk tashish agentlari, ekspeditorlar, xalqaro terminal operatorlari;

-Kuzatuv va monitoring xizmatlarining operatorlari;

-Hukumat vakillari, mintaqaviy va ikki tomonlama manfaatdor savdo tashabbuslari;

28-30 iyun

10:00 – 17:00

UzExpoCenter

Ishtirok etish: bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish!

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »