Texreglamentga amal qilmagan tadbirkorlarga realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanilish boshlandimi?

02.08.2024 kuni uyushmaga aʼzo tadbirkordan

texreglamentga amal qilmagan tadbirkorlarga (PF-6240 farmonning 12-bandiga asosan) realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha mikdorda moliyaviy jarima qo‘llanilyotgani haqida murojaat kelib tushdi. Bu jarima yirik korxonalarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

Texreglamentga amal qilmagan tadbirkorlarga realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanilishi, butun boshli tadbirkorlik subyektlarining bankrot holatiga olib kelishi aniq!

Murojaatchi tadbirkor

Yuqoridagi holatni inobatga olgan holda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanilgan korxonalarning hozirgi moliyaviy holatini o‘rgangan holatda, O‘zbekiston Resublikasi Prezindetining PF-6240 farmonining 12-bandiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashni boshladi.

‼️Hurmatli tadbirkor sizlarga ham, shunday moliyaviy jarima qo‘llanilayotgan bo‘lsa bizga murojaat qilishingzni so‘raymiz!

Murojaat uchun:

+998333000063

30 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida «II O‘zbekiston-Belarus ayollari» biznes forumini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda, 2024 yilning 26-27 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan forumiga tayyorgarlik ko‘rish, mazkur forumni yuqori saviyada tashkil etish va yangi hamkorlik shartnomalariga ega bo‘lish, jarayonlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar hamda belgilangan vazifalar, muhokama qilindi.

Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan vakil sifatida Rahmatjon Sagdullayev ishtirok etib, biznes forumni saviyali tashkil qilishda o‘z takliflarini bildirdi.

«Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va HACCP tizimini joriy qilish» mavzusida ilk bepul o‘quv seminar.

O‘zbekiston Prezidentining PF-36 farmonining «…2024-yildan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish…» hamda «2024-yildan Xalqaro standartlar talablarini joriy etish orqali mahsulot yetishtirishni tashkil etish» maqsadida USAID tashkiloti bilan xamkorlikda 16-21-sentyabr kunlari «Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va HACCP tizimini joriy qilish» mavzusida ilk bepul o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi.

Kursning foydali taraflari:

  • Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash;
  • HACCP tizimi, mahsulot sifatini nazorat qilish va takomillashtirish uchun vositalar haqida;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va HACCP tizimi qonunchiligi;
  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun maslahatlar;
  • Yo‘qotishlarni kamaytirish uchun real keyslar;
  • HACCP bo‘yicha maxsus sertifikat.

Hududlar kesimida ajratilgan joylar:

  • Farg‘ona

Andijon v. – 3 ta,

Namangan v. – 4 ta,

Farg‘ona v. – 3 ta,

  • Toshkent

Toshkent sh. – 4 ta,

Toshkent v. – 3 ta,

Sirdaryo v. – 3 ta,

  • Samarqand

Samarqand v. – 4 ta,

Buxoro v. – 3 ta,

Jizzax v. – 3 ta,

  • Qarshi

Qashqadaryo v. – 4 ta,

Surxondaryo v. – 4 ta,

  • Urganch

Nukus v. – 5 ta,

Xorazm v. – 4 ta,

Navoiy v. – 3 ta.

Murojaat uchun:

+998948713313

+998948513313

Malayziya bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!

Malayziya Barqaror biznes tarmog‘i assotsiatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan noyob tadbirga qo‘shiling! Malayziya delegatsiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo va butun dunyodagi hamkorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun zarur bo‘lgan sertifikatlashtirishning yangi yo‘nalishlarini taqdim etadi.

Tadbir dasturi:

1. Kirish: nima uchun korxonalarga xalqaro “Barqarorlik” va “Halol” sertifikatlari kerak va kompaniyangiz xalqaro bozorga chiqishi uchun qaysi toifalar mos keladi.

– Sana: 6 avgust, 10:00 – 12:00

– Ishtirok etish: 100 000 so‘m

– Joy: MDIST universiteti

2. Halol sertifikatini olish uchun treninglar. Shartlar, talablar, ustuvorliklar.

– Sana: 6 avgust, 14:00 – 17:00 + kofebreyk

– Davomi 7 avgust, 10:00 – 17:00 + kofebreyk

– Halol ijro sertifikati

– Ishtirok etish: 600 u.ye

Manzil MDIST(Singapurskiy) universiteti, Toshkent

Bog‘lanish uchun 91 263 62 24

@ravshan_ibragimov

Ro‘yxatdan o‘tish

22-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali «Nestle bir necha yil davomida najas va bakteriyalar bilan ifloslangan suvni tabiiy mineral suv sifatida sotgan, komissiya natijasi» haqida tarqalgan maʼlumot bo‘yicha rasmiy munosabat

2023-yil Fransiyaning Gard mintaqasida kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqini davridan keyin Nestle kompaniyasi Perrier brendining tabiiy mineral suvini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bitta quduqni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan va shu davrda ishlab chiqarilgan barcha suvlarni ehtiyot chorasi sifatida utilizatsiya qilgan.

Hurmatli OAV vaikllari, oziq-ovqat yo‘nalishidagi shubhali malumotlarni ko‘rsangiz biz bilan bog‘langan holda maʼlumotni aniqlashtirib, keyin ommaga chiqarishingizni, xalqimizni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maʼlumot bilan chalg‘itmasligingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun:

+998997232111

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo tadbirkorlarning takliflari yurtimizning OAVlar nigohida

Oziq-ovqat maxsulotlari uchun asosiy turdagi homashyo maxsulotlarini qayta ishlash rejimiga rasmiylashtirish tartibi qonun loyihasi masalasi.

Achilov Olim “IRUSKON” MCHJ rahbari

  • Korxonalar tomonidan elektron transport xujjatlarini to‘ldirishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalasi.
  • NDS dan 6 % keshbekni qaytarib berish masalasi.
  • Dividend solig‘i masalasi.

Damiyev Ikromjon “TOP OIL” MCHJ

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqotiga» tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkillashtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan davra suhbatiga taklif etamiz.

Davra suhbatida hukumat tomonidan belgilangan ishchi guruh, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etib, unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarning tizimli muammolari hamda takliflari muhokama qilinadi.

Tadbir joriy yilning 17 iyul kuni soat 10:00 da «International Tashkent» mehmonxonasining «Amir Temur» zalida bo‘lib o‘tadi

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) bilan hamkorlik qilish niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) oziq-ovqat, muzqaymoq, go‘sht mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar savdo uyini yaratish maqsadida o‘zbek tadbirkorlariga quyidagi sharoitlarni taklif qilmoqda:

  • (XUAR aholisi) 35 milliondan ortiq kishiga ega bo‘lgan muhim isteʼmol bozori;
  • O‘zbekiston va SHUAR o‘rtasida mahsulotlarni tashish, saqlash va tarqatishni oson tashkil etish imkonini beruvchi rivojlangan infratuzilma;
  • Zamonaviy omborlar, transport yo‘llari va arzon logistika.

Murojaat uchun:

+998933981679

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »