Jahon bog‘dorchiligida uch (3D) o‘lchamli meva yetishtirish o‘rniga ikki o‘lchamli (2D)ga o‘tish kelgusidagi standartga aylanishi mumkin.
Boshqacha aytganda, agar hozir daraxt yoki butalarning hajmi (hatto intensiv bog‘larda ham) balandligi, eni va uzunligi bo‘yicha o‘lchansa, kelajakda faqat eni va balandlikdagi o‘lchamli texnologiyalar afzalroq bo‘ladi. Bunday bog‘da qatorlar butunlay “tekis” ko‘rinishga o‘tadi.
Jahonning istalgan mamlakatida bog‘dorchilikning asosiy muammosi — mavsumiy ishchilarni yig‘im-terim, shuningdek, boshqa yumushlarga ko‘p yollash zaruratidir. 2D bog‘lari kelajakda ushbu ehtiyojga umuman hojat qoldirmaydi!
Mavsumiy ishchilarni yollash zarurati bo‘lmagan bog‘dorchilik qanday afzallik va imkoniyatlarni taklif eta oladi?
Bu usul meva narxini pasaytirish imkoniyatini beradi va odatda, har qanday biznesdagi barcha jarayonlarga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan «inson omili»ni yo‘qotadi.



