O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati salohiyati xalqaro maydonda: Malayziyaga rasmiy tashrif
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziya davlatiga ishchi tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida kecha, dasturga muvofiq, bir qator muhim ob’ektlar va tadbirlarda ishtirok etildi.
Xususan, delegatsiya a’zolari MPOC (Malaysian Palm Oil Council) vakillari bilan uchrashib, sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Malayziyaning oziq-ovqat sanoatidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, yangi texnologiyalarni joriy etish va eksport aloqalarini yanada mustahkamlashdir.
Bugun esa tashrif rejasi bo‘yicha Johor shtatiga yo‘l olinadi.
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi xalqaro aloqalarni rivojlantirish va milliy brendlarimizni dunyo bozoriga olib chiqishda davom etadi.
Fikr bildirish