O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Toshkent Kimyo texnologiyalari Instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni, O‘zOSU raisi B.B. Umirshayxov, TKTI rektori B.Sh. Usmonov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

  • Institutning o‘quv jarayoniga fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy qilishga ko‘maklashish;
  • 2-kursdan boshlab tadbirkorlik subektlarida amaliyotlar tashkil qilish va ularni ishga joylashtirish;
  • Oziq-ovqat sanoatiga istiqbolli kadrlar tayyorlashga buyurtmalar shakllantirish va malakaviy talablarni ishlab chiqish;
  • Taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish;
  • Korxonalarda amaliyot o‘tash istagidagi talabalarga, haq to‘lanadigan amaliyotlarni tashkil qilish;
  • Spin-off korxonalarini tashkil qilish;
  • Talaba va professorlar orasida sanoat turizmini yo‘lga qo‘yish.

Uchrashuvdan so‘ng Institutning texnopark va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishtirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »