O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasida, rais B. Umirshayxov boshchiligida Mikrobiologiya instituti vakillari bilan ilmiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport hajmini oshirish bo‘yicha mavzular o‘rtaga tashlandi. Aynan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet davlatlariga sifatini buzmagan holda bir xil haroratda yetkazish bo‘yicha takliflar bildirildi. Akademik M.I.Mavloniy tomonidan ushbu taklif va murojaatlar to‘liq o‘rganib chiqilishini taʼkidlab o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda barcha tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qiziqtirgan savol va takliflar hamda muommolar o‘rtaga tashlandi. Tez orada mahsulotlar eksportlari, ularni qadoqlash, bir xil temperaturada sifati o‘zgarmagan holda chet davlatlarga yetkazib berish bo‘yicha muommolar muhokama qilindi.
Fikr bildirish