O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Turkiyaning Sivas shahri Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sivas Savdo-sanoat palatasi 1901-yilda Turkiyada tashkil etilgan bo‘lib, o‘z aʼzolarinig boshqa mamlakatlarga ham savdolarini kengaytirishga yordam beradi. Sivas shahrida 5 ta sanoat zonasi mavjud. Jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, to‘qimachilik, mebel, avtomobilsozlik, metallurgiya sanoati rivojlangan.

????O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov tadbirkorlar nomidan o‘z takliflarini bildirdi. So‘ngra, tomonlar o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

♦️Muloqot yakunida Sivas Savdo-sanoat palatasi bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyati boshqarmalari o‘rtasida Memorandumlar imzolandi.

UFIA Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »