O‘zbekistondan 2 oy davomida salkam 40 million dollarlik shaftoli va nektarin eksport qilindi.
Ushbu mahsulotlarning birinchi partiyalarini tashqi bozorlarga jo‘natish may oyining uchinchi o‘n kunligida boshlangan va dastlabki uch hafta ichida O‘zbekiston 1,7 ming tonna shaftoli va nektarin eksport qildi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.

2022 yilning 21 mayidan 20 iyuligacha bo‘lgan davrda O‘zbekistondan shaftoli va nektarin eksportining deyarli butun hajmi YEOII mamlakatlari bozorlariga jo‘natildi. Turkmanistonga esa taxminan 1 foizi (373 tonna) yuborilgan.
EastFruit nashrining narxlar monitoringi maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida shaftoli va nektarinning o‘rtacha ulgurji narxlari 10 000 – 11 000 so‘m/kg darajasida qolmoqda, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 14 foizga pastdir.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313