Oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yuritasizmi?
O‘z mahsulotingizni xorijga eksport qilishni xohlaysizmi?
Qo‘shimcha imtiyozlar va imkoniyatlarga ega bo‘lishni-chi?
?? Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qisqa o‘quv kurslariga start beradi!
O‘quv kurslari 60% nazariy va 40% amaliy darslardan iborat bo‘lib, darslar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan olib boriladi, shuningdek, 2 oy davomida biriktirilgan mentorlar orqali ko‘zlangan natijaga erishish uchun qo‘shimcha yordam ham beriladi.
O‘quv kursida quyidagi mavzularda darslar bo‘lib o‘tadi:
1. Yashil ishlab chiqarish, uning afzalliklari va bosqichlari;
2. Oziq-ovqat xavfsizligi, uni qayta ishlash, kontaminatsiya;
3. Eksportga oid bilimlar, xorijiy bozor va xaridor topish usullari;
4. Bojxona, soliq, logistika va xalqaro sertifikatlar;
5. Davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordamlar.
6. Tadbirkorlarning tizimli muammolariga hukumatning bevosita yondashuvi orqali yechim berish;
Shuningdek, soliq, bojxona, bank, karantin va sanitariya sohalariga oid tashkilot rahbariyati bilan bevosita uchrashuv.
To‘liq o‘quv dasturi bilan tanishish uchun ushbu havola ustiga bosing.
Fikr bildirish