Rossiya mahsulot ishlab chiqaruvchilarining biznes missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
25 aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan “Hilton” mehmonxonasida o‘zbek va rus ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida iqtisodiy, agrar sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki mamlakat agrosanoat majmualarining hozirgi holati va eksport salohiyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va uni rivojlantirish istiqbollari, logistika yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Rossiya shakar sanoati korxonalari o‘rtasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirib o‘tdi.