Yangi Zelandiyaning Plant & Food Research Ltd kompaniyasida o‘rikning yangi navlari yaratildi
Yangi Zelandiyaning Plant & Food Research Ltd kompaniyasida o‘rikning yangi navlari yaratildi va hozirgi kunda ularni mamlakat bog‘bonlari sinovdan o‘tkazmoqda.
Ushbu danakli mevani yetishtiruvchilar yangi navlarning yaxshi taʼm sifati, tashqi ko‘rinish va saqlash muddatiga ega bo‘lishini maqsad qilishgan.
Kompaniya mutaxassislari yangi navlarni yaratish uchun jami 20 yil vaqt sarflashdi. Seleksiya ishlari boshlanishidan avval kechpishar Moorpark navlari, shuningdek, Yangi Zelandiyaga introdutsiyalangan Clutha navlari to‘plami va kechki navlarning Trevatt cross bloki o‘rganildi.
Ayni paytda o‘rikning yangi navlari Yangi Zelandiyadagi 20 ta bog‘dorchilik kompaniyasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Tajriba bog‘larining umumiy maydoni 46 gektarga yaqin bo‘lib, ularda 44-46 ming tup uchta yangi nav – NZsummer2, 3 va 4 ekilgan.
Manba: EastFruit nashri