«O‘zbekistonda bog‘dorchilik marketingiga texnik ko‘mak» loyihasi doirasida Anor yetishtiruvchilarning birinchi Respublika festivali 5-oktabr kuni o‘z ishini boshladi.
Tadbir O‘zbekiston anor yetishtiruvchilar uyushmasi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yosh fermerlar kengashi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ishtirokida tashkil etildi.
Festivalda xalqaro moliya tashkilotlari hamda Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Xitoy, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron kabi xorijiy davlatlar vakillari qatnashdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko‘magida bir qancha anor yetishtiruvchi hamda anor sharbati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ham mazkur festivalda faol tarzda ishtirok etdi.