Qadrli tadbirkorlar,
2022 yil 15-17 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda «PETERFOOD – 2022» oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
?Rossiya va MDH mamlakatlaridagi oziq-ovqat bozorining 8000 dan ortiq vakillarini birlashtirgan mazkur eng yirik tarmoq ko‘rgazmasiga Rossiyaning 100 ta eng yaxshi chakana savdo tarmog‘idan 300 dan ortiq xaridor tashrif buyuradi.
Ko‘rgazma davomida chakana savdo hamda restoran tarmoqlari va kafelarning 150 dan ziyod xaridorlari bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida individual muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi.
? Maʼlumot uchun, ko‘rgazma yirik assotsiatsiyalar va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari, Rossiya mustaqil tarmoqlari ittifoqi, “Rusprodsoyuz” uyushmasi, «Biznes Rossiya» jamoat tashkiloti ko‘magida o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada ishtirok etishni istasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313