U hosilni yig‘ish uchun sarflanadigan mehnat talablarini taxminan 90% va ishlab chiqarish xarajatlarini 50% gacha kamaytirishi mumkin.
Meva va sabzavot terimchilarining global tanqisligi isroillik MetoMotion startap asoschisi Adi Nirni dunyodagi birinchi pomidor terish robotini yaratishiga sabab bo‘ldi.
Qurilma sunʼiy intellekt asosidagi 3G sensorli ko‘rish texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘simlik va uning hosilini xaritaga tushiradi. Ilg‘or ko‘rish tizimi terish uchun pishgan pomidorni aniqlaydi va manipulyatorni kerakli joyga yo‘naltiradi.
Qurilma bir harakatda pomidor shoxlarini kesib, ushlaydi va mevalarni konveyerga joylashtiradi.
Hosilni yig‘ish uchun issiqxona atrofida harakatlanganda, robot har bir pomidorning pishishi, miqdori, vazni va hajmi haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Maʼlumotlardan foydalanib, hosilning miqdori va pishish vaqtini taxmin qilish mumkin.
Manba: EastFruit