Zararlangan yong‘oqlarni yo‘q qiluvchi bog‘ roboti «Yil agroroboti» sifatida eʼtirof etildi.

Yangi aqlli qishloq xo‘jaligi roboti — InsightTRAC Rover bog‘ bo‘ylab avtonom harakatlanib, bodom daraxtlaridagi zararkunandalarni yo‘q qiladi. Xuddi shu robot FIRA — 2023 robototexnika yutuqlari xalqaro ko‘rgazmasida «Ag Robot of the Year 2023» nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.

InsightTRAC Rover — bodom zararkunandalariga qarshi kurashuvchi robot daraxtlar salomatligini yaxshilash va hosildorlikni oshirish maqsadida yaratilgan. Yig‘im-terimdan keyin daraxtlarda qolib ketadigan bodom bog‘dorchilik ekinlari, meva va yong‘oq plantatsiyalari uchun o‘ta xavfli ko‘plab zararkunandalarning asosiy oziq-ovqat manbai bo‘lib qoladi.

O‘ziyurar shassi uskunalari zararkunandalar va qurtlarning lichinkalarini ekologik sof biologik parchalanuvchi granulalar bilan «o‘q otuvchi» ixtisoslashgan ishchi organlar yordamida yo‘q qiladi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »