Aziz onajonlar va opa-singillar, muhtarama ayollar!

Barchangizni 8 mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bilan samimiy muborakbod etamiz!

Har biringizga Xadichai Kubro onamiz, Fotima onamiz, Oisha onalarimiz baxtiday baxt tilaymiz!

Hamisha bahoriy kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin! Omad, go‘zallik va nafosat sizlarni hech qachon tark etmasin!

Hurmat bilan

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi!

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan

Choy importi hajmi o‘tgan \yilning mos davri bilan solishtirilganda 849 tonnaga oshgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

– Xitoy – 2762 tonna

– Eron – 335 tonna

– Keniya – 144 tonna

– Hindiston – 113 tonna

– BAA – 76 tonna

– Shri-Lanka – 54 tonna

– Rossiya – 27 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Sabzavot yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi kurashishga ko‘mak beruvchi lazer texnologiyasi joriy etildi.

Sunʼiy intellektli robototexnika sohasida yetakchilardan biri bo‘lmish Carbon Robotics kompaniyasi o‘zining LaserWeeder mashinasi innovatsiyalari rivojini davom ettirgan holda sohadagi birinchi LaserThinning funksiyasini taqdim etdi.

LaserThinning sabzavot ekinlari maqsadli ravishda ekilgan, so‘ngra optimal ekin oralig‘i, o‘sish va hosildorlik uchun yaganalangan joylarni mo‘ljalga oladi.

Yaganalash uchun lazerlardan foydalanish tufayli yangi yechim kimyoviy moddalar yoki qo‘l mehnatini talab qilmaydi, shamol yoki namlikdan taʼsirlanmaydi va uning yordamida kechayu kunduz ish bajarilishi mumkin.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Chili olxo‘ri eksporti bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, O‘zbekiston esa jahon liderlari to‘rtligiga kirdi!

???? Chili olxo‘ri eksporti bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, O‘zbekiston esa jahon liderlari to‘rtligiga kirdi!

EastFruit nashri tahlilchilari xabariga ko‘ra, 2022 yilda Chili sarxil olxo‘ri eksporti bo‘yicha o‘zining 2019 yildan beri saqlanib turgan jahon rekordini yangiladi.

2022 yilda chililik eksportyorlar tashqi bozorlarga 158 ming tonna va umumiy qiymati 235 million dollarlik sarxil olxo‘ri yetkazib berdi. Hajm bo‘yicha eksport o‘tgan yilda davomida 33 foizga oshdi va bu 2019 yildagi avvalgi rekorddan 3 ming tonnaga ko‘pdir.

Janubiy Afrika va Ispaniya hozirgi kunda liderdan deyarli 60 ming tonnaga ortda qolmoqda.

O‘zbekiston esa 2022 yili ushbu reytingda katta natijaga erishdi va jahondagi sarxil olxo‘ri eksportyorlari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yilgi mavsum davomida O‘zbekiston rekord darajadagi 48,4 ming tonna sarxil olxo‘ri eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Maʼlumotlarni integratsiya (veb-skreyping texnologiyasi) orqali olish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “Korzinka”, “Makro”, “Media Park” va “Asia.uz Supermarket” kabi yirik savdo majmualari bo‘yicha tovarlarning narxlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni integratsiya (veb-skreyping texnologiyasi) orqali olish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.

Kuzatuvga tanlab olingan 30 dan ortiq yirik savdo majmualaridagi 17 000 dan ortiq mahsulot bo‘yicha narxlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar hududiy statistika organlari xodimlari tomonidan savdo majmuasiga tashrif buyurmasdan, veb-dastur orqali onlayn ravishda planshetlarga qayd etib borilmoqda.

2020 yilda isteʼmol bozorida narxlar to‘g‘risidagi birlamchi maʼlumotlarni to‘plash jarayonlariga CAPI raqamli texnologiyasi, yaʼni maxsus qurilmalar – planshetlar to‘liq joriy etilgan edi.

Natijada, inflyatsiyani hisoblash jarayonlari avtomatlashtirildi, statistik maʼlumotlarning obyektivligi va yuqori sifatini taʼminlashga erishilmoqda.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »