O‘tgan yil 22 iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan, Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi. Kema harakatini muvofiqlashtirish bilan Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi shug‘ullanadi. Putinning taʼkidlashicha, G‘arb Ukraina donining ko‘p qismini muhtoj Afrika davlatlariga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qiladi. Don tashabbusi paketli bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkinchi qism – uch yilga mo‘ljallangan Rossiya-BMT memorandumi Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportini blokdan chiqarishni nazarda tutadi, asosiy vazifalar qatorida “Rosselxozbank”ni SWIFT tizimiga qayta ulash, qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni qayta tiklash, ehtiyot qismlar va xizmatlar, Tolyatti-Odessa ammiak quvurini tiklash va boshqa bir qator tadbirlar ham bor. Rossiya tomoni vakillari taʼkidlaganidek, paketli kelishuvning ushbu qismi hozircha bajarilmagan.
Rossiya “don kelishuvi”ni bekor qildi, bu O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?