Karl Burkart yashil iqtisodiyotni oltita asosiy sektorga asoslangan deb taʼriflagan:
– Qayta tiklanadigan energiya;
– Yashil binolar;
– Barqaror transport;
– Suvni boshqarish;
– Chiqindilarni boshqarish;
– Yerni boshqarish.
Global biznes vakili bo‘lgan Xalqaro Savdo Palatasi (ICC) yashil iqtisodiyotni: «Iqtisodiy o‘sish va ekologik masʼuliyat ijtimoiy rivojlanishdagi taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘zaro mustahkamlovchi rejimda birgalikda ishlaydigan iqtisodiyot» – deb taʼriflaydi.