Sivas Savdo-sanoat palatasi 1901-yilda Turkiyada tashkil etilgan bo‘lib, o‘z aʼzolarinig boshqa mamlakatlarga ham savdolarini kengaytirishga yordam beradi. Sivas shahrida 5 ta sanoat zonasi mavjud. Jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, to‘qimachilik, mebel, avtomobilsozlik, metallurgiya sanoati rivojlangan.
????O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov tadbirkorlar nomidan o‘z takliflarini bildirdi. So‘ngra, tomonlar o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
♦️Muloqot yakunida Sivas Savdo-sanoat palatasi bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyati boshqarmalari o‘rtasida Memorandumlar imzolandi.
UFIA Matbuot xizmati