Tadbirda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.Umirshayxov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari U.Safarov, Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti T.Sariyev, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investitsiya kengashi kotibi U.Qidirboyev va boshqa davlat, nodavlat tashkilotlar vakillari qatnashishdi.
Yig‘ilishda, shu kunlarda dolzarbligi oshib borayotgan muammolar muhokama qilindi. Jumladan, tez buziladigan mahsulotlar uchun yashil yo‘lak tashkil qilish, Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishish maqsadida alohida kompaniyalarning ko‘rgazma (aksiya) larini tashkil etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, ikki davlar tadbirkorlari hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish mavzularida o‘z mutaxasisligi bo‘yicha spikerlar fikr bildirishdi.
