Joriy yilning 18-mart kuni davlatimiz rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar, logistika korxonalar rahbarlari, respublikadagi yirik uyushma raislari ishtirok etishdi va yig‘ilish davomida ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
Davlatimiz rahbari oziq-ovqat sanoati masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, bu yil hududiy dasturlar doirasida respublika bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishida 833 million dollarlik 528 ta loyihani ishga tushirish reja qilinganligi ta‘kidlandi va shu bilan birga 14 ta tumanda oziq-ovqat bo‘yicha birorta loyiha yo‘qligi tanqid qilindi. Yig‘ilishda bu yili oziq-ovqat sanoatida kamida 100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 1 milliard dollar eksport qilish reja qilinganligi va bu bo‘yicha jiddiy ish olib borilishi zarurligi aytib o‘tildi.
Yurtboshimiz 2023-yilda oziq-ovqat sanoati sohasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati 86 trln so‘mni tashkil etganligi va bu boshqa yillarga nisbatan ancha o‘sish ekanligini aytib o‘tdilar.
Davlatimiz rahbari sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini eshitdi. Biz ham soha vakili sifatida oziq-ovqat yo‘nalishida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar shuningdek soha rivojlantish uchun zarur bo‘lgan bir nechta takliflarni aytib o‘tdik. Maʼlumot o‘rnida shui aytib o‘tish joizki oziq-ovqat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 2018-yilga nisbatan 2023-yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yaxshi o‘sish bo‘ldi. Xususan 2018-yilda tadbirkorlarimiz tomonidan qiymati 1.4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, 3.4 trln so‘mdan oshiq mahsulot ishlab chiqarildi.
Batafsil: https://telegra.ph/Prezidentimiz-raisligida-b%D1%9Elib-%D1%9Etgan-videoselektor-ji%D2%93ilishda-uyushmamiz-raisi-Ba%D2%B3odir-Umirshajhov-%D2%9Batnashib-%D1%9Ez-takliflarini-bil-03-19