2024 yilning 16-18 oktyabr kunlari Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasida “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasi doirasida ECAMPUZ loyihasi barcha aʼzolarining bevosita ishtirokida olib boriladigan “Intra-project conference (Loyiha doirasidagi anjuman)” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida bugungi kunda yuzaga kelayotgan muammolar» mavzusida nutq so‘zlab, hozirgi kundagi dolzarb muammolarni hal qilish uchun avvalo sohaning o‘z strategiya bo‘lishi kerakligini takidlab, «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining 2025-2030 strategiyasi»ni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.