Joriy yilning 16 oktyabr kuni Tashkent intercontinental mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasi hamda O‘zbekiston Respubkilasi siyosiy, biznes vakillari o‘rtasida tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tashrif buyuruvchilar o‘zbek mahsulotlarining sifati o‘sib borayotgani, jahon bozorida raqobat qila olayotgani hamda bu o‘zbek tadbirkorlarining say harakati natijasi ekanligini takidlab, ular ham o‘zbek tadbirkorlari bilan hamkorlik maqsadida tashrif buyurishganligini aytib o‘tishdi.
Tadbirda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov o‘zbek tadbirkorlari yetakchisi sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuv so‘ngida ikki davlat biznes vakillari o‘rtasida bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.