Mazkur Kengash davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali va tizimli muloqotni rivojlantirish, shuningdek, biznesning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan.
Kengash faoliyati doirasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, amaldagi tartib-taomillarni optimallashtirish hamda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish nazarda tutilgan.
Mazkur tarkibga kiritilish Uyushmaning ekspert salohiyati va mamlakatda qulay biznes muhitini shakllantirish jarayonidagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.