O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Assalom alaykum hurmatli guruhimiz aʼzolari! O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Sizni joriy yilning 31 mart kuni soat 14:30 da “Craffers” majlislar zalida tashkil etilayotgan davra suhbatida tegishli masʼul xodim bilan birgalikda tashrif buyurishingizni so‘raydi.

Mazkur tadbir doirasida oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida bozor raqobat muhitini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi joriy etilayotgan maxsus qayta ishlash rejimi mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Hurmat bilan,

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Qandolatchilik sohasiga oid muhim yangilik tadbirkorlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Muayyan turdagi qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan shakar va boshqa ingrediyentlar importiga bojxona to‘lovlarini bekor qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi ma’lum qilindi.

Mazkur imtiyozlar faqat qandolatchilik mahsulotlarini mamlakat ichida ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan xomashyoga nisbatan, bojxona hududida qayta ishlash rejimi doirasida qo‘llaniladi.

Ushbu qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda bozordagi raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Tadbirkorlar ushbu yangilikni sohani qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

Shuningdek, Komissiya tadbirkorlardan imtiyoz qo‘llaniladigan qandolatchilik mahsulotlari va ularning xomashyolari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan takliflar berishni so‘radi. Bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilib, ma’qullangan taqdirda tegishli ro‘yxatga kiritilishi ma’lum qilindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »