O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi MDH xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “MDH mamlakatlari shakar bozori – 2026” yillik xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Masofaviy formatda o‘tgan muloqotda respublikamiz shakar tarmog‘idagi tub transformatsiya jarayonlari va erishilgan natijalar taqdim etildi.

Ma’ruzada sohaga joriy etilgan innovatsion mexanizmlar, xususan, Prezidentimizning PF-250-sonli Farmoniga binoan tadbiq etilgan “51-bojxona rejimi” (bojxona hududida qayta ishlash) hamda aksiz solig‘ining bekor qilinishi natijasida narxlar barqarorligi ta’minlanayotgani alohida e’tirof etildi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning mintaqadagi jadal rivojlanayotgan shakar xabi sifatidagi o‘rni va JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muhim islohotlariga yuqori baho berdilar.

O‘zbekistonda “Iqlimga mos agro-oziq-ovqat investitsiya platformasi” tashabbusi muhokama qilindi

Joriy yilning – 1 aprel kunlari davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) missiyasi doirasida O‘zbekistonda “Iqlimga mos agro-oziq-ovqat investitsiya platformasi”ni tashkil etish tashabbusi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur platforma agro-oziq-ovqat tizimini barqaror, raqobatbardosh va iqlim o‘zgarishlariga chidamli shaklga o‘tkazishga qaratilgan.

Uchrashuv Oziq-ovqat sanoati uyushmasida bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi Baxodir Umirshayxov hamda uyushma raisi o‘rinbosari Ziyodilla Alimov ishtirok etdi.

Tomonlar mazkur tashabbus doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Toshkent shahri, 2026 yil 1 aprel

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »