Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davom etmoqda

Bugun, 14-aprel kuni Uyushma delegatsiyasi Pasir Gudang sanoat hududida joylashgan Felda-Johore Bulkers Sdn Bhd hamda Wilmar PGEO Edible Oils Sdn Bhd korxonalarida bo’ldi. Tashrif davomida logistika, mahsulotlarni saqlash va o’simlik yog’larini qayta ishlash boʻyicha ilg’or texnologiyalar ko’zdan kechirildi.

Muzokaralar doirasida korxona rahbariyati bilan brifing va ishlab chiqarish jarayonlari boʻyicha tajriba almashinuvi oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvlar O’zbekiston oziq-ovqat sanoatiga xalqaro standartlarni joriy etish va eksport aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati salohiyati xalqaro maydonda: Malayziyaga rasmiy tashrif

​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziya davlatiga ishchi tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida kecha, dasturga muvofiq, bir qator muhim ob’ektlar va tadbirlarda ishtirok etildi.

​Xususan, delegatsiya a’zolari MPOC (Malaysian Palm Oil Council) vakillari bilan uchrashib, sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

​Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Malayziyaning oziq-ovqat sanoatidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, yangi texnologiyalarni joriy etish va eksport aloqalarini yanada mustahkamlashdir.

​Bugun esa tashrif rejasi bo‘yicha Johor shtatiga yo‘l olinadi.
​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi xalqaro aloqalarni rivojlantirish va milliy brendlarimizni dunyo bozoriga olib chiqishda davom etadi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »