Ochiq muloqotda tadbirkorlarning takliflari koʻrib chiqilib, amaliy yechimlar muhokama qilinmoqda

Ochiq muloqot davomida oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, fitosanitariya, eksport, biologik preparatlar ishlab chiqarish hamda agrologistika sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni ko‘tardilar.

Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan amaliy izohlar berildi va takliflarni amalda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri veterinariya vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi bo‘ldi. Tadbirkorlar veterinariya dori vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini amaldagi 5 yildan 7 yilgacha uzaytirishni taklif qildi.

Shuningdek, mahsulot tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa asosiy ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorini kamaytirishni ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

Mavjud tartiblar xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »