Poytaxtimizning Olmazor tumanida eksport va ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligidagi Hukumat komissiyasi Toshkent shahri Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi bilan tanishdi. Ushbu loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, eksport hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

  • Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
    «Ardent Foods» MCHJning (N’MEDOV brendi ostida mahsulot ishlab chiqaradi) $15 mlnlik loyihasi doirasida korxona quvvati yiliga 35 ming tonnaga yetkazilib, 800 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxona tomonidan $7 mlnlik mahsulot eksport qilinib, $32 mlnlik import o‘rni bosilmoqda.
  • Chinni idishlar ishlab chiqarishda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. «Kar Porcelain Tashkent» MCHJning $25 mlnlik xorijiy investitsiya asosidagi loyihasi to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 50 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va 700 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning birinchi bosqichi 2025-yil sentyabrda ishga tushirilgan. Ikkinchi bosqichni joriy yil IV choragida yakunlash rejalashtirilgan.

???? Qurilish sanoati uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilmoqda. «ALWOOD» MCHJda $10 mlnlik loyiha doirasida metall konstruksiyalar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda. Zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi natijasida korxona to‘liq quvvatda ishlaganda yiliga 300 tonna mahsulot ishlab chiqarish va 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari ko‘rib chiqilib, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »