18-noyabr kuni Toşkent şahrida «Agroeksport» rahbari Ilya Ilyushin Özbekiston Oziq-ovqat sanoati uyuşmasi raisi Bahodir Umirshayxov bilan Rossiyaning Özbekistondagi Qişloq xöjaligi vazirligi vakili Aleksey Ulyanov iştirokida işçi uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida tomonlar agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat sanoati sohasida Özbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantiriş, özaro mahsulot yetkazib beriş hajmi va turlarini kengaytiriş, şuningdek, ikki mamlakat işlab çiqaruvçilari örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş hajmini oşiriş, logistika, narx belgilaş hamda özaro manfaatli hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş va ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirişga qaratilgan muloqotni davom ettirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.