Soğlom ovqatlaniş va oziq-ovqat xavfsizligi — barqaror agro-oziq-ovqat tizimining muhim yönalişlari

Toşkent şahrida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) hamkorligida soğlom ovqatlanişni yaxşilaş va agro-oziq-ovqat tizimlarini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan seminar bölib ötdi.

Unda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi mutaxassislari ham iştirok etdi.

Tadbir FAOning notöğri ovqatlaniş muammolarini agro-oziq-ovqat tizimlari nuqtayi nazaridan hal etişga qaratilgan köp tarmoqli siyosiy tavsiyalar loyihasi doirasida taşkil etildi.

Seminarda Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonda loyiha doirasida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar muhokama qilindi. Aholining soğlom ovqatlanişini ta’minlaş, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini kuçaytiriş hamda tegişli davlat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlaş, iste’molçilarning töğri ovqatlaniş böyiça bilim va xabardorligini oşiriş, qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat sohalaridagi çora-tadbirlarni özaro muvofiqlaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, mavjud muammolar, ularning yeçimlari va xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Seminar soğlom ovqatlaniş tamoyillarini keng tarğib qiliş, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş va barqaror agro-oziq-ovqat tizimini rivojlantirişda idoralararo hamkorlikni ng muhimligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »