Qirg‘izistonda piyoz eksportiga ruxsat berish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Maʼlumki, piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida hukumatga qaror loyihasi taqdim etilgan.

Yanvar oyi oxirida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi tomonidan piyoz eksportiga vaqtinchalik taʼqiq joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Taʼqiq 31 yanvardan boshlab uch oylik muddatga kuchga kirdi.

Ushbu chora oziq-ovqat xavfsizligini hamda ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlarining narxi barqarorligini taʼminlash (xususan, piyoz, shalot piyozi, porey piyozi va boshqa sarxil yoki muzlatilgan piyoz turlari) maqsadida amalga oshirilgan edi.

EastFruit nashri xabar qilganidek, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Eron ham piyoz eksportiga cheklovlar kiritgan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Mosh eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming kamaygan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston 30 ta davlatga qiymati 93,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 122,3 ming tonna mosh eksport qilgan. )

Mosh eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming kamaygan.

O‘zbekiston eng ko‘p mosh eksport qilgan davlatlar:

— Xitoy – 107,1 ming tonna

— Qozog‘iston – 7,9 ming tonna

— Eron – 1,7 ming tonna

— Tojikiston – 1,5 ming tonna

2022 yilda xorijga eng ko‘p mosh eksport qilgan hududlar:

— Toshkent viloyati – 51,2 ming tonna

— Namangan viloyati – 21,3 ming tonna

— Jizzax viloyati – 16,1 ming tonna

— Samarqand viloyati – 13,6 ming tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Bugun O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘lishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakatning Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, ishbilarmon doira vakillari hamda tadbirkorlar safida O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tadbirda Ishbilarmonlar kengashi tomonidan mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuqori baholandi.

Shuningdek, uchrashuvda turli sohalardagi investitsiyaviy hamkorlik va infratuzilma loyihalari muhokama qilindi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan «Xalqaro tariqlar yili – 2023» ga bag‘ishlangan maxsus kecha bo‘lib o‘tdi

Ramada mehmonxonasining Panarama zalida tashkil etilgan mazkur tadbirda Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Vinod Kumar tomonidan donli ekinlar tarixi va ularning jamiyat kundalik hayotida tutgan o‘rni haqida nutq so‘zlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ham ishtirok etdi va mamlakatimizda tariq ekinini samarali yetishtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Diqqat, eʼlon!

2023 yil 23 mart kuni Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan «Radisson Slavyanskaya» mehmonxonasida «MDH mamlakatlari shakar bozori» yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Uning doirasida shakar bozori tahlili, tendensiyalari va prognozlari, MDH mamlakatlari hamda jahon shakar bozoridagi asosiy o‘zgarishlar muhokama qilinadi.

Yevroosiyo shakar uyushmasi va Xalqaro shakar tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ushbu konferensiyada jahon energiya inqirozi, inflyatsiya va shakar narxi, Yevroosiyo qand lavlagi gibridi, shakar bozoriga tegishli bozorlarning taʼsiri kabi masalalar muhokama qilinadi.

Batafsil maʼlumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin:

http://sugarconference.ru/

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Zararlangan yong‘oqlarni yo‘q qiluvchi bog‘ roboti «Yil agroroboti» sifatida eʼtirof etildi.

Yangi aqlli qishloq xo‘jaligi roboti — InsightTRAC Rover bog‘ bo‘ylab avtonom harakatlanib, bodom daraxtlaridagi zararkunandalarni yo‘q qiladi. Xuddi shu robot FIRA — 2023 robototexnika yutuqlari xalqaro ko‘rgazmasida «Ag Robot of the Year 2023» nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.

InsightTRAC Rover — bodom zararkunandalariga qarshi kurashuvchi robot daraxtlar salomatligini yaxshilash va hosildorlikni oshirish maqsadida yaratilgan. Yig‘im-terimdan keyin daraxtlarda qolib ketadigan bodom bog‘dorchilik ekinlari, meva va yong‘oq plantatsiyalari uchun o‘ta xavfli ko‘plab zararkunandalarning asosiy oziq-ovqat manbai bo‘lib qoladi.

O‘ziyurar shassi uskunalari zararkunandalar va qurtlarning lichinkalarini ekologik sof biologik parchalanuvchi granulalar bilan «o‘q otuvchi» ixtisoslashgan ishchi organlar yordamida yo‘q qiladi.

O‘zbekistonda 2022 yilda yirik korxonalar tomonidan 7,1 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yilda yirik korxonalar tomonidan 7,1 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Vafli mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2021 yil bilan solishtirilganda 4,4 barobarga oshgan.

2022 yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 591,4 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Isroilning MetoMotion startapi sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan ilk pomidor yig‘ish robotini ishlab chiqdi

U hosilni yig‘ish uchun sarflanadigan mehnat talablarini taxminan 90% va ishlab chiqarish xarajatlarini 50% gacha kamaytirishi mumkin.

Meva va sabzavot terimchilarining global tanqisligi isroillik MetoMotion startap asoschisi Adi Nirni dunyodagi birinchi pomidor terish robotini yaratishiga sabab bo‘ldi.

Qurilma sunʼiy intellekt asosidagi 3G sensorli ko‘rish texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘simlik va uning hosilini xaritaga tushiradi. Ilg‘or ko‘rish tizimi terish uchun pishgan pomidorni aniqlaydi va manipulyatorni kerakli joyga yo‘naltiradi.

Qurilma bir harakatda pomidor shoxlarini kesib, ushlaydi va mevalarni konveyerga joylashtiradi.

Hosilni yig‘ish uchun issiqxona atrofida harakatlanganda, robot har bir pomidorning pishishi, miqdori, vazni va hajmi haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Maʼlumotlardan foydalanib, hosilning miqdori va pishish vaqtini taxmin qilish mumkin.

Manba: EastFruit

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti hamda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO) hamda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, yurtdoshlarimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Shoshilinch, eʼlon

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli tadbirkorlar,

Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida katta zarar ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘ngillilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yig‘ilmoqda.

Agarda siz ham bu ishga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »