Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda respublikamizda go‘sht-sut sanoatini rivojlantirish va barqarorligini taʼminlash maqsadida, 10 avgust kuni soat 15:00 da onlayn davra suhbati o‘tkazishni rejalashtirgan.

▶️ Davra suhbatining maqsadi, yer resurslaridan maksimal darajada samarali foydalanishni cheklovchi omillar va sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish va mahalliy chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muhokama qilishdan iborat. Mavzu FAO 2021-23 sanoat tahliliga asoslangan.

▶️ Suhbat davomida go‘sht-sut sanoati bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar, qayta ishlovchi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar hamda yer resurslari va oziq-ovqat xavfsizligiga masʼul davlat idoralari, vazirlik vakillari ishtirok etadi.

Link: https://fao.zoom.us/j/93830550355?from=addon
Meeting ID: 938 3055 0355
Passcode: 87740381

Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligini qanday yaxshilash mumkin?

Iqlim o‘zgarishlari, cho‘llashish, suv tanqisligi kabi global muammolar, qolaversa, aholi sonining muttasil oshib borishi barcha davlatlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini kun tartibidagi asosiy masalaga aylantirdi.

Oziq-ovqat xavfsizligi bu oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligidir.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Vaziyatni yaxshilash uchun mintaqa davlatlari o‘zgaruvchan suv rejimiga chidamli, serhosil ekin navlarini yaratishi va o‘zaro savdo hajmini oshirishi kerak.

Yashil iqtisodiyot nima? O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga qachon o‘tadi?

Karl Burkart yashil iqtisodiyotni oltita asosiy sektorga asoslangan deb taʼriflagan:

– Qayta tiklanadigan energiya;

– Yashil binolar;

– Barqaror transport;

– Suvni boshqarish;

– Chiqindilarni boshqarish;

– Yerni boshqarish.

Global biznes vakili bo‘lgan Xalqaro Savdo Palatasi (ICC) yashil iqtisodiyotni: «Iqtisodiy o‘sish va ekologik masʼuliyat ijtimoiy rivojlanishdagi taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘zaro mustahkamlovchi rejimda birgalikda ishlaydigan iqtisodiyot» – deb taʼriflaydi.

Go‘sht narxi qachon arzon bo‘ladi?

Doimo aholining barcha qatlamlari diqqat markazida bo‘lib kelgan ushbu dolzarb masalalardan biri bu birlamchi zarur tovarlar narxining ko‘tarilishidir. Non, shakar, sariyog‘, un, go‘sht va boshqa mahsulotlar narxlarining ko‘tarilishi har bir insonning qiziqishlariga taʼsir etmay qolmaydi. Ushbu qiziqish nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki, dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari fuqarolari uchun ham xosdir.

Globalproductprices.com sayti maʼlumotlariga ko‘ra 79 mamlakatga asoslanib, 2023-yilning shu davridagi 1 kg go‘sht uchun o‘rtacha narx 14,57 AQSH dollarini tashkil qiladi. Eng past narx 3,67$ (Pokiston) va eng yuqori narx 59,93$ (Janubiy Koreya) bo‘lgan.

Rossiya “don kelishuvi”ni bekor qildi, bu O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?

O‘tgan yil 22 iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina don va oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan, Odessadan o‘g‘itlarni eksport qilishni nazarda tutadi. Kema harakatini muvofiqlashtirish bilan Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi shug‘ullanadi. Putinning taʼkidlashicha, G‘arb Ukraina donining ko‘p qismini muhtoj Afrika davlatlariga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qiladi. Don tashabbusi paketli bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkinchi qism – uch yilga mo‘ljallangan Rossiya-BMT memorandumi Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportini blokdan chiqarishni nazarda tutadi, asosiy vazifalar qatorida “Rosselxozbank”ni SWIFT tizimiga qayta ulash, qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni qayta tiklash, ehtiyot qismlar va xizmatlar, Tolyatti-Odessa ammiak quvurini tiklash va boshqa bir qator tadbirlar ham bor. Rossiya tomoni vakillari taʼkidlaganidek, paketli kelishuvning ushbu qismi hozircha bajarilmagan.

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, ob-havoning anomal isishi natijasida suv muammosi!

So‘nggi vaqtlarda nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo davlatlarida iqlim o‘zgarishi sabab suv tanqisligi muammosi yildan-yilga jiddiy tus olmoqda. Yurtimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligida esa suvning o‘rnini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Kelgusida suv tanqisligi yurtimiz agrar tarmog‘ida qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkin? Bunday muammolarning oldini olishda soha mutaxassislari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

24-may kuni Toshkentda “O‘zbekiston – Singapur” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan asosiy maqsad ishtirokchilarning mamlakatlar milliy iqtisodiyotlarining raqobatdosh ustunliklari va drayverlari haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, ikki davlat hukumati va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.

Biznes-forumda Singapur prezidenti Halima Yaqub, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari, yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan vakil sifatida Mariyam Aripova ham qatnashdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

Poytaxtimizda 2023-yilning 21-26 may kunlari Sut mahsulotlari Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada doirasidagi anʼanaviy tadbirlardan biri bugun «Hilton Tashkent» mehmonxonasida tashkil etildi.

Tadbirda sut sanoati sohasida jahonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakili sifatida Jamshid Fayozov qatnashib, oziq-ovqat tanqisligi, yangi narxlar, jahon sut bozorining rivojlanishidagi prognozlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »