Oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning bilim, ko’nikma, malakalarini oshirish rejalarini ishlab chiqish maqsadida maxsus davra suhbatini o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamjihatligida tashkil etilmoqda.
Yig’ilishda oziq-ovqat sanoati sohasida dual ta’lim tizimi yo’lga qo’yish bo’yicha maxsus dastur – PECA(Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim) loyihasining taqdimoti bo’lib o’tishi kun tartibidan o’rin olgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur davra suhbatida siz ham ishtirok etib, yo’lga qo’yilmoqchi bo’lgan yangi loyiha borasida o’z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
O’tkazilish vaqti: 2021-yil 9-iyun, chorshanba
Manzil: Toshkent shahri
Uchrashuvda qatnashmoqchi bo’lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998997232111 +998712203313
Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual bo‘laklaridan biri hisoblangan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash va eksportini ko‘paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko‘plab masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo‘yilgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Baʼzan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.
Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020 yil 29 oktyabr kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etilgan.
Joriy yilning 26 may kuni «Hyatt Regency» Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat karantin qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari, 15 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalari xodimlari: jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Dastlab, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbari Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, tashkilot maqsad-vazifalari, o‘tgan 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi:
– Uyushma zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi to‘laqonli mexanizatsiyalashga hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining asosiy vazifasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sektorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining chet davlatlarga katta masshtabdagi ekportini amalga oshirilishini taʼminlashga yordam berish hisoblanadi.
Eʼtiborli jihati, uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ko‘proq erkinlik beradi.»
Taqdimotdan so‘ng, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi rahbari Muxtor Umarovso‘zgachiqib, qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqatsanoati uyushmasining mamlakatimiz eksport salohiyati uchun qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi, isteʼmoltovarlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda qilinadigan ishlar koʻlami haqida nutq so‘zladi:
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ishlab chiqarishni ilmiy asosda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha yetarli darajadagi va assortimentda tayyorlanish bilan birga iste’mol tovarlari sifatini oshiruvchi aholi salomatligi uchun standart standartlarga muvofiqligi, vaziyat holatlarida zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini ishlab chiqarish va saqlash, hududlarni ta’minlash bo’yicha ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, o’rnatish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini rivojlantirish Oziq-ovqat sanoati uyushmasining ustuvor vazifalaridan biri, – dedi.
Tadbirni amalga oshirishda axborotni boshqarish boshqaruvi ishtirokidagi uyushma rahbariyati bilan savol-javob amalga oshirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 29 iyuldagi «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va ovqatlanish-sanoat sanoatini rivojlantirish uchun ishlab chiqariladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida» qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha 174 va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha 24 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog’la ro’rnida 36 ming gektar intensiv guruhlar tashkil etilishi davom ettirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi bo’yicha qarorlarni qabul qilish amaliyotida keng va muomalada tatbiqet mavjud maʼlum maʼnoda yetakchi kuch bilan birga oladi, desakadashmaymiz!
Soat 10:10 da O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi hamda uning doirasida tashkil etilayotgan press-konferensiya dasturiga start berildi.
Ayni damda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xojaligi masalalari va ekologiya qomitasi raisi Tadjiyev Baxodir Sadullayevich oziq-ovqat sanoatining mamlakat aholisi salomatligi uchun ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirib o’tmoqdalar!
Qadrli kuzatuvchilar, 26-may sanasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.
Tadbirda uyushmaning tashkil etilganidan buyon(29.10.2020) yetti oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, kelgusida rejalashtirgan maqsad va vazifalari haqida so’z boradi.
Shuningdek, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada yuzaga kelayotgan masalalar va ularga yechim bo’lgan tendensiyalar mavzulariga alohida to’xtalib o’tiladi.
Marosimda turli vazirlik, qo’mita, agentlik va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.
? Agarda sizda ham ushbu tadbirda qatnashish istagi bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
Endilikda yetishtirgan dukkakli mahsulotingiz chiqindisidan ham daromad olish imkoniyati mavjud!
Qadrli tadbirkorlar! Agarda siz o’z yer va tomorqangizda dukkakli o’simliklar, soya, makkajo’xori va paxta yetishtiradigan bo’lsangiz, ularning hosilidan chiqadigan chiqindilarni ham sotishingiz mumkin.
Ayni paytda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga chorva uchun ozuqa ishlab chiqarishga yuqorida ta’kidlanganidek mahsulotlarni qayta ishlash bo’yicha hamkorlik qilishga buyurtmalar kelib tushmoqda.
Mahsulot chiqindilaridan ham daromad topish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!
Hamkorlik qilmoqchi bo’lsangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: +998903558677
Davlat statistika qo‘mitasida keltirilishicha, joriy yilning 1-choragida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar va eksport miqdori quyidagicha:
Joriy yilning birinchi choragida O’zbekistonda 65 721 tonna sabzavot yetishtirildi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5% ga ko’p hisoblanadi.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, yetishtirilgan sabzavotlarning asosiy qismi dehqon xo’jaliklari (67,3 %) va qishloq xo’jaligi tashkilotlariga (20,8 %) to’g’ri keladi.
Shaxsiy fermer xo’jaliklarining ulushi atigi 11,9 %ni egallaydi.
Birinchi chorakda navbati bilan 19 346 tonna va 13 808 tonna sabzavot yetishtirishga muvaffaq bo’lgan Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ko’rsatkichlarda mintaqalar nuqtai nazaridan sezilarli darajada yetakchilik ko’rsatmoqda.
Dastlabki ikki mintaqadan ancha orqada qolgan bo’lsa-da, beshta yetakchi hududlar qatoriga Buxoro (4994 tonna), Andijon (3809) va Qashqadaryo (3202) viloyatlari kirdi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi (617) va Jizzax viloyatida (984) shu paytga qadar 1000 tonnadan kam sabzavot yetishtirildi.
Tojikistonda joriy yil may oyi boshiga qadar issiqxonalardan 534,6 tonnadan ortiq pomidor, 102,4 tonna bodring va 283 tonnadan ortiq boshqa sabzavot turlari yig’ib olindi.
Tojikiston Qishloq xo’jaligi vazirligi o’simliklarni yetishtirish departamentining tezkor ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatda issiqxona sabzavotlari qariyb 86 gektar maydonda o’sadi.
Tojikistonda mazkur yil boshidan beri doimiy issiqxonalarda sabzavot ekish 85,1 gektar maydonda amalga oshirilgan.
Pomidorlar 53,2 gektar maydonda, bodring 15 gektar maydonda o’stiriladi, qolgan issiqxonalarni boshqa sabzavot turlari egallaydi.
Ayni paytda Tojikistonning markaziy qism bozorlaridagi pomidorning bir kilogrammi naviga qarab 15 dan 20 somoniygacha (1,33 – 1,75 dollar) narxda sotilmoqda.