O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekistonning «Evergreen Agriculture» kompaniyasi va Pokistonning H.K.M kompaniyalar guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent shahri imzolangan mazkur memorandum tovar va xizmatlarni O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarga eksport qilishni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.

Memorandum doirasida tijorat vositachilik operatsiyalarini o‘tkazish, tovarlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va konsignatsiya asosida sotib olish, bozor tahlili (tarmoqlar bo‘yicha talab va taklif, daraja, o‘rtacha vaznli narxlar, buyurtma portfeli, boshqa parametrlar)ni yig‘ish, chet elda potensial xaridorlarni qidirish, yuqori texnologiyali va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va sotishning hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Ikki tashkilot o‘rtasidagi memorandum O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko‘magi bilan imzolandi!

Oziq-ovqat mahsulotlarini minimal-maximal narxlari

Hududiy-markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:

? Suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45000 – 68000 so‘m

? Qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 52000 – 80000 so‘m

? Kartoshka (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so‘m

? Piyoz (1 kg) ➖ 800 – 3500 so‘m

? Sabzi (1 kg) ➖ 3000 – 10000 so‘m

? Tuxum (10 dona) ➖ 5000 – 14000 so‘m

? Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 18000 so‘m

? O‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14000 – 24000 so‘m

? Shakar (1 kg) ➖ 7500 – 9000 so‘m

Manba: stat.uz

O‘z ishlab chiqargan mahsulotingizni muvaffaqiyatli tarzda xorijga eksport qilishni xohlaysizmi?

Unda Oziq-ovqat sanoati uyushmasining «Eksport xizmatlari» aynan siz uchun!

Xizmat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

– Xorijiy davlatlardan kelgan savdo takliflarini tadbirkorga taqdim etish;

– Eksport sug‘urta polisini subsidiya bilan olishda ko‘maklashish;

– Logistika xarajatlarini 50% gacha subsidiyasi bilan olib berish.

O‘z biznesingizni yana bir karra yuqori pog‘onaga ko‘tarish vaqti keldi!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

+998985775353

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi va Gollandiyaning Alltech-Coppens kompaniyasi o‘rtasida video-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Belgiyaning Akvakultura va Artemiya maʼlumotlar markazi bilan O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda belgiyalik yetakchi veterinar Mr. Bram Meersmanning O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi uchun mamlakatimizda uchraydigan baliq kasalliklari va ularning oldini olish yo‘llari haqidagi darslarini davom ettirishi maʼlum qilindi.

Muloqotning natijasi o‘laroq, mamlakatimizda Akvakultura (baliqchilik) yo‘nalishida bilim beradigan oliy taʼlim muassasalari va akvakultura sohasida dunyoda yetakchi hisoblangan Vageningen (Wageningen, Germany) uninversiteti talabalari o‘rtasida malaka hamda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Latviya ELBI kompaniyasi O’zbekistonda 3 ming tonna qovun sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Riga shahridagi elchixonasi ko‘magi bilan “ELBI” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘zbek fermerlari yetishtirgan katta miqdordagi poliz mahsulotlarini Latviyaga yetkazib berish tashkil qilindi.

2020 yil oxirida Latviya o‘zbek qovunlarini sotib olish bo‘yicha eng yirik importchilarning beshtaligiga kirdi. Joriy yilda ELBI kompaniyasi O‘zbekistondan 400 tonna karam va 400 tonna piyoz import qildi. 2021 yil oxiriga qadar Latviyaning ELBI kompaniyasi 3 ming tonnagacha o‘zbek qovunini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumot uchun, Latviyaning “ELBI” kompaniyasi 1992 yilda tashkil topgan bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini Yevropa bozoriga yirik import qiluvchilardan biri hisoblanadi. Mazkur tashkilot Riga va Latviya, Estoniya va Litvaning boshqa hududlaridagi do‘konlar, supermarketlarga ekspeditsiya olib boradi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Qadrli tadbirkorlar!

O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy

xamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida 14-15 iyul kunlari Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur biznes-forumda Pokistondan kariyb 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Biznes-forum davomida tadbirkorlar tomonidan B2B uchrashuvlarida savdo va investitsiyaviy

shartnomalarni imzolash xam belgilangan.

Agarda siz Pokiston tadbirkorlari bilan hamkorlikda investitsiyaviy loyihalari amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, forumda ishtirok etish orqali ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolashingiz mumkin.

O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat eting:

+998997232111

+998712203313

Ochilish marosimi

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Press-reliz

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi

    Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual bo‘laklaridan biri hisoblangan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash va eksportini ko‘paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko‘plab masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo‘yilgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

   Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada  agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Ba’zan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.

Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, iste’mol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020-yil 29-oktabr kuni Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi  tashkil etilgan.

    Joriy yilning 26-may kuni “Hyatt Regency” Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat karantin qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari,  15 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalari xodimlari: jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbari Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, tashkilot maqsad-vazifalari, o‘tgan 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi:

  • Uyushma zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi to‘laqonli mexanizatsiyalashga hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi. Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining asosiy vazifasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sektorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining chet davlatlarga katta masshtabdagi ekportini amalga oshirilishini ta’minlashga yordam berish hisoblanadi.

E’tiborli jihati, uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ko‘proq erkinlik beradi.

Taqdimotdan so‘ng, “O’zbekiston Eksportchilari” uyushmasi rahbari Muxtor Umarov so‘zga chiqib, qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqat sanoati uyushmasining mamlakatimiz eksport salohiyati uchun qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda qilinadigan ishlar ko’‘ami haqida nutq so’zladi:

  •  Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha yetarli miqdorda va assortimentda tayyorlanishi hamda iste’mol tovarlari sifatining aholi salomatligi uchun xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlash, salbiy holatlarda zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish va saqlash, hududlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, shuningdek,  aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini oshirish Oziq-ovqat sanoati uyushmasining ustuvor vazifalaridan biridir, – dedi.

Tadbir so‘nggida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida uyushma rahbariyati bilan savol-javob o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 174 va oziq-ovqat sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish borasida 24 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog‘lar o‘rnida 36 ming gektar intensiv bog‘lar tashkil etilishi rejalashtirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi yuqorida qarorning amaliyotda keng va samarali tatbiq etilishiga ma‘lum ma‘noda yetakchi kuch bo‘la oladi, desak adashmaymiz!

Oʻzbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Matbuot xizmati

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi ma’lumotlari bazasining ahamiyati

Spiker: Dilshod Abduvohidov

Avvalambor assalomu alaykum aziz mehmonlar, xonimlar va janoblar, hurmatli tadbir tashkilotchilari!
O’z nutqimni boshlashdan avval ushbu yig’inga taklif etishgani uchun tashkilotchilarga o’z minnatdotchiligimni bildirib o’tmoqchiman.
Barchangizni mamlakatimizning nafaqat maishiy-ijtimoiy, balki siyosiy-iqtisodiy hayotining rivojida aktual soha hisoblangan qishloq xo’jaligini taraqqiy toptirishga qaratilgan muhim tashabbus – «Assalom, Agro» loyiha taqdimotida ko’rib turganimdan juda ham mamnunman! O’ylaymanki, mazkur loyiha nafaqat soha, balki unda faoliyat yuritayotgan shaxslarning ham ish jarayonidagi og’irini yengil qilishda ko’p yillar davomida asqotadi.
Shu fursatdan foydalanib, bugun men «Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi mahsulotlari bazasining ahamiyati» mavzusida o’z fikrimni bildirib o’tmoqchiman! Bilamizki, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mazkur sohani rivojlantirishning eng asosiy omili hisoblanadi.
Yodingizda bo’lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020-yil 14-aprel kuni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi o’tkazilgan edi. Yig‘ilishda meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobar oshirish masalasi qo‘yilgandi. Va ushbu maqsadga erishishda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativ bu borada yetakchi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangandi.
Uchrashuvda qo’yilgan vazifalarni tizimli va samarali amalga oshirish maqsadida bir qancha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangandi. Jumladan,
-Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish – 136 ming gektarda hosil berayotgan maydonlar, 63 ming gektardagi yangi bog‘ va tokzorlarning har qator oralari, shuningdek, 600 ming gektar takroriy ekin maydonlaridan samarali foydalanishni taqozo etishini hisobga olgan holda, 2-3 marta hosil olishni yo‘lga qo‘yish barobarida foydalanishdan chiqqan, 124 ming gektar yerni to‘liq va 155 ming gektar lalmi yerni suv chiqarish orqali o‘zlashtirish rejalashtirilgan;
-Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi jamg‘armalariga 300 mlrd. so‘m ajratilgan;
Urug‘liklar ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi uchun ular importini markazlashgan holda tashkil etish zarurligi hamda har yili mamlakatimizga 300 ming tonnaga yaqin kartoshka, shuningdek, 10-15 ming tonna urug‘lik kartoshka chet eldan olib kelinishini hisobga olgan holda, Qo‘rg‘ontepa, Baxmal, Zomin, Shahrisabz, Kitob, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, ` Bo‘stonliq tumanlari urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilishi belgilangandi.
O‘g‘it bilan ta’minlash masalasi mavjudligi inobatga olingan tarzda, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati zimmasiga ikki hafta ichida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda o‘g‘it do‘konlari tashkil etish vazifasi yuklatilgandi. Bundan tashqari, meva-sabzavot va issiqxona yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning 700 million dollar kredit liniyalarini jalb qilish va tijorat banklarining to‘xtatilayotgan loyihalar hisobidan bo‘shagan mablag‘larini qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirish vazifasi qo‘yilib, meva-sabzavotni eksport qiluvchilarga ham imtiyozlar berilishi, xususan, ularning avtotransportda yuk tashish xarajatining 50 foizi Eksportga ko‘maklashish jamg‘arasi hisobidan qoplanishi, buning uchun jamg‘armaga qo‘shimcha 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangandi.

Mazkur qarorlar mamlakatimizni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqat sanoati va Qishloq xo’jaligini isloh qilish, fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer uchastkalarini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi, desak adashmaymiz. Ammo yuqorida ta’kidlangan ishlar ijrosini amaliyotda to’liq realizatsiya qilishda bir qancha masalalar yuzaga keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda yiliga oʻrtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin goʻsht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi oʻrtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o’z-o’zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo’nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizdan ziyodining isrof boʻlishiga olib kelmoqda. Ushbu vaziyatdagi asosiy va aktual masalalardan biri qishloq xo’jaligi sohasiga doir ma’lumotlar almashinuv va to’planuvining yagona bazasi yo’qligida bo’ldi, desam adashmayman. Qishloq xo’jaligining boshlang’ich negizida faoliyat yurituvchi shaxslar: dehqonlar, bog’bonlar va fermerlardir. Ularga o‘simliklarni sifatli yetishtirish uchun foydali vositalar, urug‘ va ko‘chatlarni qanday qilib to‘g‘ri tanlash mumkinligi, xaridor bilan oldindan to‘lov borasida qanday qilib kelishib olish lozimligi, o‘simliklar himoyasi uchun zarur vositalarni qayerdan topish mumkinligi haqidagi ma’lumotlar doimo qiziq va kerakli bo’lib kelgan. Aynan shunday ma’lumotlarni yetkazib turuvchi yagona bir platforma bo’lmagan. Oziq-ovqat sanoati sohasida ham, qishloq xo’jaligi sohasida ham ma’lumotlar bazasining qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligini yuqoridagi so’zlarimiz yaqqol tasdiqlab turibdi. “Assalom, Agro» – fermerlar bilan xorijiy va mahalliy iste’molchilarni birlashtiruvchi savdo platformasining yaratilishi masalaga yaxshigina yechim bo’ldi. Xalqaro talablarga mos keladigan toza va sifatli bogʻlar haqida ma’lumotlarni aholiga ulashish, mahsulotni saralash va qadoqlash, kalibrlash, kutilayotgan ob-havoni oldindan bilish va hosilni saqlab qolish chora-tadbirlariga tayyorlanish maqsadida ishga tushirilgan «Assalom agro» platformasi jamoasini bugungi tantana bilan qutlayman! Va kelajakdagi faoliyatlariga zafarlar tilab qolaman!

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »