Kecha 14-Mart kuni O‘zbekistonda tuproq va yer unumdorligini oshirish uchun Yaponiya texnologiyalarini qo‘llash masalasi bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligida ekologik toza mahsulotlar yetishtirish uchun FUJIMIN texnalogiyasini butun O‘zbekiston bo‘ylab targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish haqida muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yer unumdorligini oshirish, yerni sho‘rlashiga qarshi muommolarga yechimlar sanab o‘tildi.

Seminarda, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan vakil sifatida uyushma raisi B. Umirshayxov hamda Djamshed Kudratulloyevich qatnashdi.

Bugun, 12-mart kuni «O‘zbek-Qirg‘iz ishbilarmonlar kengashi» yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.Umirshayxov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari U.Safarov, Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti T.Sariyev, Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investitsiya kengashi kotibi U.Qidirboyev va boshqa davlat, nodavlat tashkilotlar vakillari qatnashishdi.

Yig‘ilishda, shu kunlarda dolzarbligi oshib borayotgan muammolar muhokama qilindi. Jumladan, tez buziladigan mahsulotlar uchun yashil yo‘lak tashkil qilish, Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishish maqsadida alohida kompaniyalarning ko‘rgazma (aksiya) larini tashkil etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, ikki davlar tadbirkorlari hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish mavzularida o‘z mutaxasisligi bo‘yicha spikerlar fikr bildirishdi.

Bojxona kodeksi – iqtisodiyotimiz rivojini taʼminlovchi muhim hujjat

Joriy yilning 27 fevral kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.

Mazkur Qonun Jahon savdo tashkilotining Bojxona tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimi va Jahon bojxona tashkiloti qoidalariga uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

✅Xususan, kodeksga dolzarb bo‘lgan bir nechta yangi normalar kiritildi.  Yaʼni Kodeksning 42 ta moddasiga o‘zgartirish va 2 ta yangi modda kiritilmoqda. 

✅tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibotlari JSTning Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitimida belgilangan qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirildi;

✅ Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni shartli chiqarib yuborish imkoniyati yaratilmoqda.

✅ Bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati yuzaga kelmaydigan holatlar aniq belgilanmoqda. Yaʼni, bojxona to‘lovlarining qo‘shimcha hisoblanishi natijasida undirilmaydigan eng kam miqdori (68 ming so‘m) belgilanmoqda.

✅O‘z brendlariga ega bo‘lgan milliy ishlab chiqaruvchilarimizning tovarlarini eksport qilishda ularning huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratilmoqda.  Yaʼni, bojxona idoralari endilikda tadbirkorning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar buzilganligi aniqlagan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turish vakolati va tartibi belgilanmoqda. Xalqaro normalarda bu vakolatni “ex officio” qoidasi deb nomlanadi.

✅ tovarlarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilar bojxona bojidan ozod etilmoqda;

✅ Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari  ostida tashishga ruxsat berish tartibotlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi joriy etilmoqda. (maʼlumot uchun, 2023 yilda  10 222 ta transport vositasiga guvohnoma rasmiylashtirilgan).

✅ Milliy avtotashuvchilarni rag‘batlantirish maqsadida, ular tomonidan import tovarlarni tashishda litsenziya kartochkasini talab qilish tartibi bekor kelinmoqda.

✅ tadbirkorlarning bir necha bojxona operatsiyalari doirasidagi majburiyatlaridagi to‘lovlarni taʼminlash uchun yagona (bosh) taʼminot taqdim etish imkoniyati yaratilmoqda;

✅ tadbirkorlarga bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash, hamda  dastlabki deklaratsiyalashni istalgan bojxona postida amalga oshirish huquqi berilmoqda.

Qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 439 tonna yong‘oq eksport qilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyida xorijga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 439 tonna yong‘oq eksport qilgan.

◀️O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyida eng ko‘p yong‘oq mahsulotini eksport qilgan davlatlar:

????Turkiya – 128 tonna

????Rossiya – 86 tonna

????Gruziya – 77 tonna

????Iroq – 68 tonna

????BAA – 29 tonna

????Ozarbayjon – 21 tonna

????Turkmaniston – 14 tonna

????Boshqa davlatlar – 16 tonna

Bugun Adliya vazirligida Sertifikatsiya, Akkreditatsiya va Standartlashtirish masalalari bo‘yicha takliflar tinglandi.

Bugun 20-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida vazir Akbar Toshqulov, tegishli vazirlik, idoralar masʼul rahbarlari bilan birgalikda sertifikatsiya, akkreditatsiya, standartlashtirish masalalari hamda masʼullar tomonidan bildiriladigan muammolar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov chorvachilik yerlaridan unumli foydalanish hamda quruq sut mahsulotiga qo‘yilgan cheklovni yumshatish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Hurmatli tadbirkorlar!

2024 yil 4-6 mart kunlari Xitoyning Guanjou shahrida «Qadoqlash mashinalari va materiallari bo‘yicha 30-Xitoy xalqaro ko‘rgazmasi» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

◀️Ko‘rgazmalar doirasi:

????Birinchi qadoqlash mashinalari;

????Ikkilamchi qadoqlash mashinalari;

????Kodlash va belgilash;

????Plastmassa qadoqlash mashinalari;

????Konteyner yasash mashinalarij

????Smart Logistika uskunalari va

tizimlar;

????Moslashuvchan qadoqlash uskunalari

va mashinalar;

????O‘lchov va sinov;

????Mashinalarning yordamchi uskunalari;

????Qadoqlash.

Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun:

????Mehmonxonada Bepul xona (3 kecha);

????Nonushta va Tushlik Bepul (3 kecha);

????Ichki transfer bepul;

????Ko‘rgazmada bemalol harakatlanish;

????Viza olishda yordamlashish.

Ko‘rgazma ishtirokchilari xarajatlari:

????aviachipta

????Ushbu ko‘rgazmaga registratsiya: 250$

Murojat uchun:

☎️ +998900933300

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi aʼzolariga ajoyib yangilik!

Jahon banki O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalarni Elektron tijorat orqali global kirishni kengaytirish (EGATE) dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

‼️EGATE dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan bo‘lib, Internet orqali savdo hajmini oshirish orqali xorijdagi yangi bozorlarga chiqishni kengaytirishga qaratilgan.

????Nega so‘rovnomada qatnashishingiz kerak?

◀️Jahon bankining EGATE dasturidan maqsad O‘zbekiston kompaniyalarining raqamli biznes sohasida salohiyatini oshirish va tashqi bozorlarga chiqishni taʼminlashdan iborat. Sizning so‘rovnomalaringiz Jahon bankiga joriy operatsiyalaringizni yaxshiroq tushunishga va mahsulotlaringizni Alibaba.com kabi onlayn B2B platformalarida sotish bo‘yicha yordamni aniqlashga yordam beradi.

????So‘rovda qatnashganingizdan keyin nima olasiz?

????Alibaba.com bozorida yuqori darajadagi sotuvchi maqomini (bepul aʼzolik) olish imkoniyati

(Alibaba.com bozoriga aʼzolik yiliga taxminan 6000 dollar turadi);

????Aʼzolik xorijiy xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish (ulgurji savdo);

????Murabbiylik, 24/7 qo‘llab-quvvatlash va hokazolarga ega bo‘lishga yordam beradi. Javoblaringizni olganingizdan so‘ng.

✔️Jahon banki jamoasi Alibaba.com platformasida aʼzoligingizni taʼminlashga yordam beradi.

‼️EGATE dasturida ishtirok etish uchun, ushbu so‘rovnomani to‘ldirish  shartdir. Faqat to‘liq to‘ldirilgan arizalar ko‘rib chiqiladi.

Qadrli tadbirkorlar,

Joriy yilning 14-19 may kunlari «Rossiya Halal Expo» XV Xalqaro iqtisodiy, ilmiy va texnik ko‘rgazmasi doirasida “KazanExpo” Xalqaro ko‘rkazmalar markazida «Rossiya – Islom olami: Kazanforum» iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi.

Unda 80 dan ortiq mamlakatdan 16 000 dan ziyod davlat rahbarlari, hukumat vakillari va tadbirkorlarning qatnashishi kutilmoqda.

Murojat uchun:

☎️ +998997232111

2024-yilda oziq-ovqat sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi?

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o’qish uchun bu havolani bosing: https://telegra.ph/2024-jilda-ozi%D2%9B-ov%D2%9Bat-so%D2%B3asida-faoliyat-olib-boruvchi-tadbirkorlarga-%D2%9Bandaj-engilliklar-beriladi-01-16

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »