Xitoyda o‘simliklar kasalliklarini aniq tashxislash uchun neyron tarmog‘i taqdim etildi.

Nankin o‘rmon xo‘jaligi universiteti (Xitoy) tadqiqotchilari guruhi tabiiy sharoitda o‘simliklar kasalliklarini aniq tasniflovchi MSUN nomli yangi va nisbatan oddiy neyron tarmog‘ini ishlab chiqdi.

Tadqiqot Plant Phenomics jurnalida chop etildi. Olimlar MSUN‘ni nazorat ostidagi laboratoriya muhitida o‘simlik kasalliklarini tasniflashga o‘rgatishdi va endi u murakkab dala sharoitida o‘simliklar kasalliklarini aniqlay oladi.

Bu galgi yondashuv avvalgi ishlanmalarning kamchiliklarini bartaraf etadi. Misol uchun, dalada to‘plangan tasvirlar murakkab, chunki ular bir nechta barglar, nostandart burchaklarga ega va loyqa bo‘lishi mumkin.

MSUN kasalliklarni aniq tasniflash uchun ushbu murakkab maʼlumotlarni qayta ishlay oladi.

Murojaat uchun:

+998997232111

3 oyda qancha sut sog‘ib olingan? Bunda qaysi hudud yetakchi?

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami 1,9 mln tonna sut sog‘ib olingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 % ga oshgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sut hajmi:

????Samarqand viloyati – 285 ming tonna

????Farg‘ona viloyati – 222 ming tonna

????Xorazm viloyati – 211 ming tonna

????Buxoro viloyati – 204 ming tonna

????Toshkent viloyati – 163 ming tonna

????Qashqadaryo viloyati – 146 ming tonna

????Surxondaryo viloyati – 144 ming tonna

????Jizzax viloyati – 123 ming tonna

????Namangan viloyati – 120 ming tonna

????Andijon viloyati – 110 ming tonna

????Navoiy viloyati – 85 ming tonna

????Sirdaryo viloyati – 56 ming tonna

????Qoraqalpog‘iston R. – 54 ming tonna

Top Business jurnali Ozarbayjonda ko’rgazma uchun maxsus son tayyorlaydi

Joriy yilning 17-19 may kunlari Ozarbayjon poytaxtida “Caspian Agro” va “Interfood Azerbaijan” xalqaro ko’rgazmalari bo’lib o’tadi. Top Business jamoasi ushbu ko’rgazma uchun jurnalning maxsus sonini tayyorlamoqda.

Har yili o’tkaziladigan “Caspian Agro” va “Interfood Azerbaijan” ko’rgazmasi keng miqyosda bo’lib o’tadi, unda 20 dan ortiq mamlakatlardan kompaniyalar ishtirok etadi. Ushbu sohaning mutaxassislari bo’lgan minglab mehmonlar sizning potentsial sheriklaringiz bo’lishi mumkin.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/top-business-jurnali-ozarbayjonda/

Aloqa uchun:
+998 90 000 11 55
+998 90 000 77 11

“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi

Qonunda organik mahsulotlar yetishtirish sohasi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda asosiy muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilangan.

Yangi Qonunga muvofiq, organik mahsulot yetishtiruvchilarning huquq va majburiyatlari belgilangan. Unga ko‘ra, organik mahsulot yetishtiruvchilar ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya chog‘ida o‘z firmasi nomidan, tovar va xizmat ko‘rsatish belgisidan foydalanish huquqiga egadir.

Tojikistonning Hisor vodiysida qishki ayozlar tufayli uzumzorlarning 80% dan ortig‘i nobud bo‘ldi

2023 yilning aprel oyi o‘rtalarida Tojikistondagi uzumzorlarga yanvar oyining qattiq sovuqlari taʼsiri maʼlum bo‘ldi.

Asia-Plus xabariga ko‘ra, Hisor vodiysi uzumzorlari eng ko‘p zarar ko‘rgan, Xatlon va So‘g‘d viloyatlaridagi tokzorlarga esa deyarli taʼsir ko‘rsatmagan.

Tursunzoda, Shahrinav va Hisor fermerlarining maʼlumotlariga ko‘ra, ularda tokzorlarning 80 foizdan ortig‘i sovuqdan nobud bo‘lgan. Endi uzumzorlarni tiklash uchun uch-to‘rt yil kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda ikki hafta ichida yangi kartoshka narxi 2 barobardan ziyod pasaydi

2023 yil 7 aprel holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 1,8 barobar yuqori bo‘lgan.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2023 yil 7 apreldan 21 aprelga qadar yangi hosil ertagi kartoshkasining o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 16 000 dan 7 000 so‘mgacha, yaʼni, ikki hafta ichida 2 barobardan ziyod pasaygan. Bu, o‘z navbatida, tahlil etilayotgan davrda O‘zbekiston ichki bozorida ushbu mahsulot bo‘yicha taklif keskin oshganidan dalolatdir.

2023 yil 21 aprel holatiga ko‘ra, o‘tgan yilgi kartoshkaning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 25 foizga past bo‘ldi.

Rossiya mahsulot ishlab chiqaruvchilarining biznes missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

25 aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan “Hilton” mehmonxonasida o‘zbek va rus ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida iqtisodiy, agrar sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat agrosanoat majmualarining hozirgi holati va eksport salohiyati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va uni rivojlantirish istiqbollari, logistika yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Rossiya shakar sanoati korxonalari o‘rtasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida Qozog‘iston Respublikasi Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Karabayev bilan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oziq-ovqat sohasini hamkorlikda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, logistika tizimini soddalashtirish, meva va sabzavot kabi mahsulotlar ekspor-importini yana-da samarali yo‘lga qo‘yish singari jihatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Qozog‘istonning Kostanay, Pavlodar, Semey viloyatlari vakillari bilan muzokaralar tashkil etilib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz!

Fazilatli kechgan ulug‘ oyni g‘animat bilib tutgan ro‘zangiz, o‘qigan Qur‘oningiz Qiyomat kunida sizga shafoatchi bo‘lsin.

Amalga oshirgan ibodatlaringiz maqbul bo’lsin, Yaratgan taqvoingiz va ilmingizni ziyoda qilsin!

Oilangizga tinchlik-totuvlik, ishlaringizga baraka, o’zingizga sihat-salomatlik tilaymiz!

Kelgusi Ramazonlarga ham har birimizni omonlikda yetkazsin!

Hurmat bilan O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning “GSP+” tizimi benefitsiari maqomini yangi muddatga uzaytirmoqda

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekiston zarur konvensiyalarni ratifikatsiya qilgani va 2024 yildan 2034 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan “GSP+” tizimining benefitsiari maqomini yangi muddatga uzaytirish uchun barcha asoslarga ega ekanini qayd etdi.

Ushbu fikrlar O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevroparlament aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yil 10 apreldan boshlab, Yevropa Ittifoqiga 6200 turdagi tovarlarni bojsiz eksport qilish imkonini beruvchi Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimiga qo‘shilgan edi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »