“O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar

Hurmatli tadbirkorlar!

Eron Islom Respublikasining Markaziy viloyati hokimi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 20 avgust kuni soat 10:30-13:00 da Toshkent shahridagi «AZIMUT Grand Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki mamlakat rasmiylari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda uchrashuvlar o‘tkaziladi:

– Oziq-ovqat sanoati
– Qishloq xo‘jaligi
– Qurilish sanoati
– Temir mahsulotlari
– Tog‘-kon sanoati
– neft va gaz
– avtomobil va ehtiyot qisimlar
– uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika
– to‘qimachilik

Ushbu ikki tomonlama uchrashuvlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda mavjud hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
+998915778347

Poytaxtimizning Olmazor tumanida eksport va ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligidagi Hukumat komissiyasi Toshkent shahri Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi bilan tanishdi. Ushbu loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, eksport hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

  • Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
    «Ardent Foods» MCHJning (N’MEDOV brendi ostida mahsulot ishlab chiqaradi) $15 mlnlik loyihasi doirasida korxona quvvati yiliga 35 ming tonnaga yetkazilib, 800 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxona tomonidan $7 mlnlik mahsulot eksport qilinib, $32 mlnlik import o‘rni bosilmoqda.
  • Chinni idishlar ishlab chiqarishda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. «Kar Porcelain Tashkent» MCHJning $25 mlnlik xorijiy investitsiya asosidagi loyihasi to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 50 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va 700 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning birinchi bosqichi 2025-yil sentyabrda ishga tushirilgan. Ikkinchi bosqichni joriy yil IV choragida yakunlash rejalashtirilgan.

???? Qurilish sanoati uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilmoqda. «ALWOOD» MCHJda $10 mlnlik loyiha doirasida metall konstruksiyalar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda. Zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi natijasida korxona to‘liq quvvatda ishlaganda yiliga 300 tonna mahsulot ishlab chiqarish va 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari ko‘rib chiqilib, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarning takliflari koʻrib chiqilib, amaliy yechimlar muhokama qilinmoqda

Ochiq muloqot davomida oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, fitosanitariya, eksport, biologik preparatlar ishlab chiqarish hamda agrologistika sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni ko‘tardilar.

Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan amaliy izohlar berildi va takliflarni amalda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri veterinariya vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi bo‘ldi. Tadbirkorlar veterinariya dori vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini amaldagi 5 yildan 7 yilgacha uzaytirishni taklif qildi.

Shuningdek, mahsulot tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa asosiy ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorini kamaytirishni ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

Mavjud tartiblar xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

HURMATLI ISHLAB CHIQARUVCHILAR!

O‘zbekiston Oziq-ovqat Sanoati Uyushmasi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamkorligida, Prezident Administratsiyasi ko‘magida sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim tadbir tashkil etilmoqda.

Sana: Ertaga
Vaqt: 10:00 – 12:00

Tadbir mavzusi:

-sanoatni rivojlantirish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar;
-subsidiyalar va davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy ko‘maklar.

Ushbu tadbirga barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari (direktorlar) hamda menejerlarini taklif etamiz.

Mazkur uchrashuvda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998 99 872 80 10

Sizning ishtirokingizni kutib qolamiz!

XXI Xalqaro «UzAgroExpo-2026» ko‘rgazmasi — agrosanoat majmuasi uchun zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar bir maydonda!

Ko’rgazma bo’limlari:
– Qishloq xo‘jaligi texnikasi
– Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish
– Sug‘orish va suv texnologiyalari
– Chorvachilik va yem-xashak yechimlari
– Parrandachilik va zamonaviy fermalar
– Veterinariya
– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va logistika
– Raqamli qishloq xo‘jaligi

Eng yaxshi joylarni tanlash uchun hoziroq stendni bron qiling va o‘z yechimlaringizni maqsadli auditoriyaga taqdim eting!

????17–18–19 NOYABR

O’tkazilish joyi: «O’zekspomarkaz» MKK AJ, Toshkent sh.
+998 (71) 238-59-59

+998 (93) 390-01-79

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi

​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Professional ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Shayxnazar Sharafuddinov va Uyushma raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

​Uchrashuvda «Roʻzmetov» va «Zarqand» kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarida dual ta’lim tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizimning afzalliklari hamda loyihada qatnashuvchi tashkilotlar uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar tushuntirildi.

​Muzokaralar natijasida Uyushmaga a’zo boshqa korxonalarni ham ushbu loyihaga keng jalb etish va tizimni yanada rivojlantirishga qaror qilindi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida Ozarbayjonning yetakchi “ACR GROUP” kompaniyasi delegatsiyasi hamda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda sohaning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi:
– Oziq-ovqat xavfsizligi: Ishlab chiqarish zanjirida xalqaro standartlarni so‘zsiz taʼminlash;
– Innovatsion saqlash tizimlari: Xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlashning ilg‘or texnologik yechimlarini joriy etish;
– Sifat va muddat: Mahsulotlarning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, ularning yaroqlilik muddatini uzaytirish.

Xalqaro tajriba almashish va ilg‘or andozalarning integratsiya qilinishi mahalliy mahsulotlarning ichki bozordagi sifatini hamda tashqi bozorlardagi eksport raqobatbardoshligini yuksaltirishga xizmat qiladi

Xiva shahrida xalqaro “Qovun sayli” festivali o’tkaziladi

????Qadimiy Xiva shahri yana bir bor milliy an’analar, betakror ta’mlar va unutilmas taassurotlar markaziga aylanadi. Joriy yilning 7–8–9-avgust kunlari Xiva shahridagi Ichon-qal’a va Arda xiva turistik majmualarida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturi doirasida mehmonlarni:

???? Turli hududlardan keltirilgan noyob qovun navlari ko‘rgazmalari;
???? Teatrlashtirilgan chiqishlar va folklor dasturlari;
???? O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari va mashhur xorij estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturlari;
???? Kechki payt osmonni bezaydigan yorqin mushakbozlik namoyishlari;
???? Xorazmning milliy taomlari va gastronomik ko‘rgazmalar;
???? Hunarmandchilik yarmarkalari va mahorat darslari;
???? Fotozonalar, xalq o‘yinlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda.

Oʻzbekiston Oziq-Ovqat Sanoati Uyushmasi barchangizni ushbu xalqaro festivalga taklif etadi.

Oʻzbekiston Oziq-ovqat Sanoati Uyushmasi (UFIA) ishlab chiqaruvchilarini Shanhay shahrida boʻlib
oʻtadigan nufuzli «interpack China 2026» xalqaro koʻrgazmasiga rasmiy delegatsiya aʼzosi sifatida taklif etadi!

Sana: 2026-yil 16–18-noyabr
Joy: Shanhay, Xitoy (SNIEC koʻrgazmalar markazi)

Delegatsiya aʼzolari uchun imtiyozlar
Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun tashkilotchilar tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
– Mehmonxonada 3 kecha, 4 kun bepul yashash.
– Koʻrgazma kunlarida har kuni tushlik kuponlari.
– VIP kirish beydjlari va VIP-Lounge xizmatidan bepul foydalanish.
– Trasnfer
– B2B uchrashuvlar va Xitoyning yirik fabrikalariga biznes-tashriflar.

Biznesingizni jahon standartlariga olib chiqing va Xitoyning eng ilgʻor texnologiyalari bilan tanishing.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Ufia_2025
+998932533444

23-26 sentyabr kunlari Kuala Lumpurdagi MITEC ko‘rgazma markazida «MIHAS 2026 (Malaysia International Halal Showcase)» bo‘lib o‘tadi.

Unda Siz o‘zingizga savdo hamkorlar va investorlar, ko‘plab yangi bilimlar olishingiz va o‘z biznesingiz uchun B2B uchrashuvlari o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati – 29 may 2026 y

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
– Kiyim-kechak, kiyim-kechak va aksessuarlar
– Ichimliklar
– Taʼlim
– Moda aksessuarlari va to‘qimachilik mahsulotlari
– Poyabzal
– Franshiza
– Sovg‘alar, suvenirlar va zargarlik buyumlari
– Qo‘lqoplar
– Islomiy moliyaviy xizmatlar
– Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
– Islom kontenti (film, drama va animatsiya)
– Logistika
– Mashina va uskunalar
– Qadoqlash va idishlar
– Palma yog‘i mahsulotlari
– Uy hayvonlari mahsulotlari
– Farmatsevtika, gigiyena vositalari va kosmetika
– Tayyor ovqat.

O‘zbekiston BUYER lar delegatsiyasiga qo‘shilishga shoshiling!

+ Aviachipta sizning hisobingizdan
+ 3 kun mehmonxona va ko‘rgazma kunlari avtobus BEPUL
+ Joylar chegaralangan


+998 97 422 39 00 (@IRuziyev )

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »