Iqtisodiyot va moliya vazirligida oziq-ovqat sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
– oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va xomashyosi importini tarif va notarif tartibga solish;
– oziq-ovqat sanoatida faoliyatini toʻxtatgan korxonalarni sogʻlomlashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlari standartlari va sertifikatlash, kadrlar malakasini oshirish.

Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

17–19 noyabr kunlari Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi:

– 21-Xalqaro «UzAgroExpo – 2026» ko’rgazmasi Qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, chorvachilik va veterinariya.

–21-xalqaro «UzProdExpo – 2026» ko‘rgazmasiOziq-ovqat sanoati, ishlab chiqarish va saqlash texnologiyalari.

– 9-xalqaro «InterPackExpo – 2026» ko‘rgazmasiQadoqlash sanoati, tamg‘alash, yoriqlash va omborlash yechimlari.

Mazkur xalqaro tadbirlar kompaniyalar uchun agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari qiymat zanjirini to‘liq namoyon etadi. Ko‘rgazmalar doirasida tajriba almashish, innovatsion yechimlarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun professional platforma bo‘lib, u sizning muvaffaqiyatli hamkorliklaringiz uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tashkilotchilarga murojaat qiling:
«International Expo Group» MCHJ
Ma’lumot uchun telefon:
+998 (71) 238-59-59
+998 (93) 381-07-84
E-mail: info@ieg.uz
Facebook: @InternationalExpoGroup
Instagram: @ieg_uz
Telegram: @IEGUz
Veb-sayt: www.ieg.uz

RETAIL SHOW AUSTRALIA 2026

‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, importyorlar, eksportyorlar, retail sohasi vakillari hamda tadbirkorlarni Retail Show Australia 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Manzil: Melburn, Avstraliya
Sana: 2026 yil 22–24 sentyabr

Mazkur ko‘rgazma retail, FMCG, sunʼiy intellekt (AI), logistika, elektron tijorat va logistika yo‘nalishlaridagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri hisoblanadi.

Ko‘rgazmada quyidagi yo‘nalishlar namoyish etiladi:
• Oziq-ovqat va FMCG chakana savdo
• Retail texnologiyalari va AI yechimlari
• elektron tijorat platformalari
• Logistika
• Do‘kon jihozlari
• Import va eksport imkoniyatlari

Ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

– Xaridor va yetkazib beruvchilar bilan B2B uchrashuvlar
– Avstraliya va Asia-Pacific bozorlariga chiqish imkoniyati
– Xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish

Murojat uchun:
Tel:+99871 220 33 13

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbiri doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida uyushma raisi o‘rinbosari tomonidan oziq-ovqat sanoatining bugungi rivojlanish yo‘nalishlari, sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida innovatsion iqtisodiyot, tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda oziq-ovqat sanoatida istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiya doirasidagi uchrashuv va muloqotlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda sohaga oid yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushma raisi o’rinbosari Germaniya-O’zbekiston Biznes Kengashining (DUWIRAT) nufuzli 10-yig’ilishida ishtirok etmoqda.

Yubiley yigʻilishi doirasida uyushma vakillari germaniyalik hamkorlar bilan oziq-ovqat sanoatiga ilg’or nemis texnologiyalarini joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Uchrashuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad – sohadagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va mahalliy mahsulotlar eksportini Yevropa bozorlariga kengaytirishdir.

O‘zbekiston-Germaniya: Hamkorlikning yangi bosqichi!

​Bugun “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni – 2026” forumi boʻlib otdi.

​Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Germaniya delegatsiyasi va soha rahbarlari qatorida Assotsiatsiyamiz Raisi ham ishtirok etdi.

​Eng asosiy urg‘u berilgan masalalar:
???? Dual ta’lim tizimi: Germaniya tajribasi asosida kadrlar tayyorlash — talabalarni ham nazariya, ham bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot orqali o‘qitishni kengaytirish.
???? Investitsiyalar va Sanoat: Yashil iqtisodiyot, logistika va ishlab chiqarish sohalarida yangi qo‘shma loyihalar.
???? Biznesga ko‘mak: Nemis kompaniyalari uchun bojxona va savdo jarayonlarini yanada soddalashtirish, hamda oʻzbek tadbirkorlariga visa masalasida koʻmak.

​Assotsiatsiyamiz tarmoqqa ilg‘or nemis texnologiyalari va dual ta’lim tizimini faol jalb etishda davom etadi!

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi FAOning Yevropa uchun 35-mintaqaviy konferensiyasida (#ERC35) ishtirok etmoqda.

Bu Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vazirlari hamda soha yetakchilari ertangi kungi mahsulotlarimiz sifatini belgilaydigan asosiy maydondir. Diqqat markazida: barqaror rivojlanish, ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi.

Maqsadimiz – O’zbekiston oziq-ovqat sanoati salohiyatini namoyon etish va xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash.

MIHAS 2026 xalqaro ko‘rgazmasiga TAKLIF ETAMIZ !

Sizlarni Malaysia International Halal Showcase (MIHAS) 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu ko‘rgazma dunyodagi eng yirik Halol sanoati platformalaridan biri bo‘lib, ayniqsa oziq-ovqat yo‘nalishida keng imkoniyatlar yaratadi.

Sana: 23–26 sentabr 2026 yil

Manzil: Kuala Lumpur, Malayziya

Oziq-ovqat yo‘nalishlari:

  • Halol oziq-ovqat mahsulotlari
  • ichimliklar (beverages)
  • go‘sht va parranda mahsulotlari
  • sut va sut mahsulotlari
  • qandolat va non mahsulotlari
  • konservalangan va qayta ishlangan mahsulotlar
  • yarim tayyor va tayyor ovqatlar

Uyushma a‘zolari uchun maxsus imkoniyatlar:

  • 3 kecha mehmonxona
  • guruhli transfer
  • ko‘rgazmaga kirish

Ushbu ko‘rgazma sizga yangi eksport imkoniyatlari, xalqaro hamkorlar topish va Halol oziq-ovqat bozoriga chiqish imkonini beradi.

Aloqa uchun:

Tel:+99871 220 33 13

ProPak China 2026 xalqaro ko‘rgazmasi.

Xurmatli tadbirkorlar sizlarni ProPak China 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu ko‘rgazma oziq-ovqat, farmatsevtika va kosmetika sanoati uchun ishlab chiqarish hamda qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi.

Sana: 15–17 iyun 2026 yil

Manzil: Shanghai, Xitoy

Yo‘nalishlar:

  • oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyalari
  • qadoqlash (packaging) uskunalari
  • avtomatlashtirish va zamonaviy ishlab chiqarish yechimlari
  • farmatsevtika va kosmetika sanoati texnologiyalari
  • Uyushma a‘zolari uchun maxsus imkoniyatlar:

3 kecha mehmonxona

guruhli transfer

ko‘rgazmaga kirish

Bu siz uchun yangi hamkorlar topish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va biznesingizni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat!

Murojat uchun:

Tel:+99871 220 33 13

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »