“Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga kiritildi.

Mazkur Kengash davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali va tizimli muloqotni rivojlantirish, shuningdek, biznesning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan.

Kengash faoliyati doirasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, amaldagi tartib-taomillarni optimallashtirish hamda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish nazarda tutilgan.

Mazkur tarkibga kiritilish Uyushmaning ekspert salohiyati va mamlakatda qulay biznes muhitini shakllantirish jarayonidagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.

Don va dukkakli ekinlarni qayta ishlash, shuningdek un, yem, makkajo‘xori, manna, guruch, bulgur, makaron va pechenye ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmaga taklif qilamiz.

Ko‘rgazma 2026 yil 25–27 iyun kunlari Istanbul (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda 60 ta davlatdan bayerlar, 130 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuruvchilar va 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.

Yo‘nalishlar:

  • Don va un texnologiyalari
  • Makkajo‘xori va manna ishlab chiqarish,
  • pechenye va makaron texnologiyalari,
  • Yem ishlab chiqarish,
  • Guruch va dukkakli ekinlarni qayta ishlash.

Uyushma aʼzolari uchun beriladigan imtiyozlar

  • 3 kecha mehmonxona (nonushta bilan)
  • aeroport–mehmonxona transferi
  • mehmonxonadan ko‘rgazmaga transport
  • ko‘rgazmaga kirish bileti
  • B2B uchrashuvlar zonasi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

+998712203313

Toshkentda Italiya–Markaziy Osiyo–Ozarbayjon Agrobiznes forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston va Italiya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tashabbusi bilan joriy yilning 23-24-mart kunlari Toshkent shahrida Italiya-Markaziy Osiyo-Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiya, regenerativ qishloq xoʻjaligi va raqamlashtirish” mavzusida xalqaro Agrobiznes forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy agroyechimlarni muhokama qilish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Forum doirasida:
– Italiya, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlaridan yetakchi ekspertlar va investorlar ishtiroki;
– Tadbirkorlar uchun hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari;
– Tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan B2B uchrashuvlar bo’lib o’tadi.

Mazkur forum ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror biznes aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Forumga agrobiznes vakillari, fermerlar, startaplar, investorlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, soha mutaxassislari hamda barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring

F Istanbul — Turkiyadagi oziq-ovqat va ichimliklar, shuningdek ularni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazmalardan biri.

Ko‘rgazma 2026 yil 26–29 avgust kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

-Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar

-Yong‘oqlar, quritilgan mevalar va snek mahsulotlari

-Pechenye, shokolad, qandolat mahsulotlari va qo‘shimchalar

-Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash hamda qadoqlash texnologiyalari

-Do‘kon uskunalari, savdo maydonlari dizayni va mehmonxonalar uchun jihozlar

Uyushma aʼzolari uchun beriladigan imtiyozlar:

Mehmonxonada 3 kecha bepul turar joy

Yetib kelganda aeroportdan mehmonxonaga guruh transferi

Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazma markaziga va qaytish uchun avtobus xizmati

Ko‘rgazmaga bepul kirish chiptasi

Bayer zonasiga kirish (qahva, garderob, tushlik)

Ro‘yxatdan o‘tish:

+998712203313

9 aprel kuni «MDH davlatlari shakar bozori» yillik konferensiyasi

2026 yil 9 aprel kuni «MDH davlatlari shakar bozori» yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
Moskva, Redisson Slavyanskaya

Konferensiya «MDH davlatlari shakar bozori» – shakar bozori ishtirokchilari bilan uchrashish va fikr almashish uchun yagona va unikal platforma hisoblanadi, shu jumladan shakar ishlab chiqaruvchilardan tortib, treyderlar va isteʼmolchilargacha. Har yili tadbirda 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Asosiy masalalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • MDH davlatlari shakar bozorlari – integratsiya, ishlab chiqarish, isteʼmol va eksport;
  • Shakarning konditer mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqarishdagi roli;
  • YEAEB va MDH davlatlarining makroiqtisodiy omillari;
  • Jahon shakar bozori – balans va prognozlar.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://sugarconference.ru/

Muhtarama opa-singillar, aziz ayollar!

Sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Xonadonlarimizdan mehr-muhabbat, yuzlaringizdan tabassum va qalbingizdan bahoriy quvonch hech qachon arimasin. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va oilaviy baxt tilaymiz!

Mashaqqatli va sharafli ishlaringizda zafarlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Go‘zallik va latofat sizni aslo tark etmasin!

Bayram barchangizga qutlug‘ kelsin!

Xurmat bilan,

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov.

International Restaurant and Bar Expo 2026

2026 yil 16–18 iyun

Astana, “EXPO” xalqaro ko‘rgazmalar markazi

Markaziy Osiyodagi restoran, bar va mehmonxona biznesi uchun eng yirik ko‘rgazma.

Tadbir doirasida shuningdek HoReCA Expo Kazakhstan va Kazakhstan International Bakery Show ham bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:

restoranlar, barlar va mehmonxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar

xaridorlar, distribyutorlar va investorlar bilan uchrashuvlar

uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, bar va oshxona texnologiyalarini taqdim etish imkoniyati

master-klasslar, maʼruzalar va biznes dasturi

Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati

Yo‘nalishlar: uskunalar, idish-tovoqlar, tekstil, POS-sistemalar, oziq-ovqat va ichimliklar, interyer yechimlari, franchayzing va avtomatlashtirish.

Batafsil maʼlumot va ishtirok uchun:

+998 99 874 71 24

Xitoyda xalqaro qadoqlash ko‘rgazmasi: SINO PACK 2026

Sino Pack – dunyo bo‘ylab eng yirik va nufuzli qadoqlash texnologiyalari ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, 2026-yilda o‘zining 31-martda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir qadoqlash texnologiyalari, innovatsion yechimlar va sanoatning eng yangi ishlanmalari bilan tanishish uchun ideal maydon hisoblanadi.

Ko‘rgazmada nimani ko‘rishingiz mumkin?

– Zamonaviy qadoqlash uskunalari va materiallari

– Qadoqlashda qo‘llaniladigan robot va avtomatlashtirish texnologiyalari

– Logistika va omborni boshqarish uchun innovatsion texnologiyalar

– Ekologik qadoqlash materiallari va barqarorlik bo‘yicha yechimlar

– Oziq-ovqat, ichimliklar, farmatsevtika va boshqa sohalar uchun maxsus texnologiyalar

Kimlar uchun muhim?

– Sanoat tadbirkorlari

– Qadoqlash texnologiyalari bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar

– Oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari

– Innovatsion va ekologik yechimlarni qidirayotgan startaplar

Nega qatnashish kerak?

– So‘nggi texnologiyalar bilan tanishing

– Xalqaro hamkorlar bilan bog‘laning

– Mahsulotlaringizni bozorda yana-da samarali targ‘ib qilish usullarini o‘rganing

Dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

  • mehmonxonada 3 kecha;
  • ovqatlanish va kofe-breyk;
  • B2B uchrashuvlar;
  • Aeroportdan guruhli transferlar;
  • Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha;

Joylar soni: 15 ta

2026-yilning 4-6 mart kunlari

Guanchjou shahridagi Xitoy import va eksport yarmarkasi ko‘rgazmalar markazi

+998 99 874 71 24

Gulfood 2026 – Xalqaro oziq-ovqat va texnologiyalar ko‘rgazmasi

Manzil: Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari

Sana: 2026 yil 26–30 yanvar

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

– Oziq-ovqat va ichimliklar

– Sut mahsulotlari

– Go‘sht, parranda va baliq mahsulotlari

– Sneklar va shirinliklar

– Non va don mahsulotlari

– Ingrediyentlar va ziravorlar

– Muzlatilgan va quruq mahsulotlar

– Qayta ishlash va qadoqlash texnalogiyalari

– Logistika va yetkazib berish xizmatlari

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha maʼlumot uchun:

+998932533444

Malayziya elchixonasida uchrashuv

O‘zbekistondagi Malayziya elchixonasida Halol sertifikatini tan olishni tekshirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita (JAKIM) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • Uchrashuvda JAKIM bosh direktori Dato Dr. Sirajuddin bin Suhaimeye, Malayziya Bosh vaziri departamentining halol masalalari bo‘yicha koordinatori Datin Paduka Hajah xonim, shuningdek O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Baxodir Umirshayxov ishtirok etdi.
  • Uchrashuvning maqsadi — O‘zbekiston oziq-ovqat canoat tadbirkorlari faoliyatiga Malayziyaning Xalqaro darajada tan olingan Halol sertifikatlari tizimini joriy etish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »