Jahon banki O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalarni Elektron tijorat orqali global kirishni kengaytirish (EGATE) dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.
‼️EGATE dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan bo‘lib, Internet orqali savdo hajmini oshirish orqali xorijdagi yangi bozorlarga chiqishni kengaytirishga qaratilgan.
????Nega so‘rovnomada qatnashishingiz kerak?
◀️Jahon bankining EGATE dasturidan maqsad O‘zbekiston kompaniyalarining raqamli biznes sohasida salohiyatini oshirish va tashqi bozorlarga chiqishni taʼminlashdan iborat. Sizning so‘rovnomalaringiz Jahon bankiga joriy operatsiyalaringizni yaxshiroq tushunishga va mahsulotlaringizni Alibaba.com kabi onlayn B2B platformalarida sotish bo‘yicha yordamni aniqlashga yordam beradi.
????So‘rovda qatnashganingizdan keyin nima olasiz?
????Alibaba.com bozorida yuqori darajadagi sotuvchi maqomini (bepul aʼzolik) olish imkoniyati
(Alibaba.com bozoriga aʼzolik yiliga taxminan 6000 dollar turadi);
????Aʼzolik xorijiy xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish (ulgurji savdo);
????Murabbiylik, 24/7 qo‘llab-quvvatlash va hokazolarga ega bo‘lishga yordam beradi. Javoblaringizni olganingizdan so‘ng.
✔️Jahon banki jamoasi Alibaba.com platformasida aʼzoligingizni taʼminlashga yordam beradi.
‼️EGATE dasturida ishtirok etish uchun, ushbu so‘rovnomani to‘ldirish shartdir. Faqat to‘liq to‘ldirilgan arizalar ko‘rib chiqiladi.