25-iyun kuni Ground Zero Coworking markazida Qandolatchilik sohasi va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilardagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatiga 50 dan ortiq tadbirkorlar onlayn va oflayn tarzida ishtirok etdi, hamda sohada o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib turgan mavjud muammolarga yechimlar va takliflar tadbirkorlar tomonidan taqdim etildi.

Tadbir davomida Intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida davlat organida 5 yillik tajribaga ega mutaxasis, huquqshunos, Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga huquqiy maslahatchisi Dilshod Xujanov jamoaga tanishtirildi.

TADBIRKORLAR DIQQATIGA

Bugun, 25-iyun kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qandolatchilik sohasi va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilardagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlari bilan davra suhbati o‘tkaziladi.

Mazkur yo‘nalishda taklif va tashabbuslaringiz bo‘lsa, shuningdek davra suhbatida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz ushbu telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

+998997232111

25-iyun, 14:00.

GroundZero Minor Coworking (Minor)

Tadbirimizda online ishtirok etish uchun

Kuz mavsumning xalqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etishga taklif qilamiz!

XIX Xalqaro «UzAgroExpo – 2024» ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

XIX Xalqaro “UzProdExpo-2024” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

VII Xalqaro “InterPackExpo-2024” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

O‘tkazilish sanalari:

20-21-22 NOYABR

+998933900179

+998933810784

O‘tkazilish joyi: MKK AJ “O‘ZEKSPOMARKAZ”

Toshkent, O‘zbekiston.

Stendingizni bron qilishga shoshiling!

O‘zbekistonda navbatdagi MADE IN PAKISTAN ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 28-30-iyun kunlari Toshkent shahridagi UzExpoCenter ko‘rgazmalar saroyida navbatdagi B2C, B2B, B2G formatlarni o‘z ichiga qamrab olgan MADE IN PAKISTAN ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:

♦️To‘qimachilik;

♦️Axborot texnologiyalari;

♦️Jarrohlik va stomatologik asboblar;

♦️Farmatsevtika /Sog‘liqni saqlash;

♦️O‘simlik preparatlari;

♦️Qayta ishlangan oziq-ovqat;

♦️Yangi meva va sabzavotlar;

♦️Qurilish mollari;

♦️Avtomobillar, ehtiyot qismlar va mexanizmlar.

Uchrashuvlar quyidagi sohalar uchun manfaatli bo‘ladi:

-Importchilar, xaridorlar, distribyutorlar, agentlar va ulgurji sotuvchilar;

-Savdo va investitsiya vakillari;

-Xalqaro savdo bilan shug‘ullanuvchi logistika kompaniyalari;

-Yuk tashish agentlari, ekspeditorlar, xalqaro terminal operatorlari;

-Kuzatuv va monitoring xizmatlarining operatorlari;

-Hukumat vakillari, mintaqaviy va ikki tomonlama manfaatdor savdo tashabbuslari;

28-30 iyun

10:00 – 17:00

UzExpoCenter

Ishtirok etish: bepul.

Ro‘yxatdan o‘tish!

Savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo’yicha davra suhbati boshlandi

Ayni damda Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik  ko‘rish doirasida savdo va umumiy ovqatlanish sohasida mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov, Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov; Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

JONLI EFIR

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayollarni tadbirkorlikka o‘rgatish va o‘rganilgan ko‘nikmalarni amalda sinash markazi»ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan uyushma mezbonligida yig‘ilsish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va biznesini rivojlantirish masalasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamkorlikda ushbu loyiha bo‘yicha talab va takliflar o‘rganib chiqishga topshirildi.

Shuningdek, ushbu loyihani moliyalashtirish Koreyaning Eksport Import Banki tomonidan GRANT asosida moliyalashtirilmoqda.

“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida” qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10 may kuni “Delivery Unit” tomonidan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi,

Unda yodlangan tuz va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan o‘z vakolatlari doirasida olib borilayotgan tadbirlarning samadorligi har 5 yilda tahlil qilib borish masalasi ko‘rib chiqildi.

Qandolatchilar va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun muhim masalalar muhokama qilindi

15-aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoati palata binosida Savdo Sanoati palata raisi Davron Vahobov, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushma raisi B.Umirshayxov boshchiligida Qandolatchilar va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun muhim masalalar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishlab chiqaruvchilarning talab va takliflari o‘rtaga tashlandi va muommolarga yechimlar ko‘rib chiqildi. Qandolat mahsulotlari va muzqaymoq mahsulotlarini eksport-import masalasida ham muzokaralar bo‘ldi.

Viloyat va tuman markazlarida oziq-ovqat yarmarkalari tashkil qilish bo‘yicha takliflar berildi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »