Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo tadbirkorlarning takliflari yurtimizning OAVlar nigohida

Oziq-ovqat maxsulotlari uchun asosiy turdagi homashyo maxsulotlarini qayta ishlash rejimiga rasmiylashtirish tartibi qonun loyihasi masalasi.

Achilov Olim “IRUSKON” MCHJ rahbari

  • Korxonalar tomonidan elektron transport xujjatlarini to‘ldirishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalasi.
  • NDS dan 6 % keshbekni qaytarib berish masalasi.
  • Dividend solig‘i masalasi.

Damiyev Ikromjon “TOP OIL” MCHJ

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqotiga» tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkillashtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan davra suhbatiga taklif etamiz.

Davra suhbatida hukumat tomonidan belgilangan ishchi guruh, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etib, unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarning tizimli muammolari hamda takliflari muhokama qilinadi.

Tadbir joriy yilning 17 iyul kuni soat 10:00 da «International Tashkent» mehmonxonasining «Amir Temur» zalida bo‘lib o‘tadi

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) bilan hamkorlik qilish niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) oziq-ovqat, muzqaymoq, go‘sht mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar savdo uyini yaratish maqsadida o‘zbek tadbirkorlariga quyidagi sharoitlarni taklif qilmoqda:

  • (XUAR aholisi) 35 milliondan ortiq kishiga ega bo‘lgan muhim isteʼmol bozori;
  • O‘zbekiston va SHUAR o‘rtasida mahsulotlarni tashish, saqlash va tarqatishni oson tashkil etish imkonini beruvchi rivojlangan infratuzilma;
  • Zamonaviy omborlar, transport yo‘llari va arzon logistika.

Murojaat uchun:

+998933981679

Belorussiya, Ozarbayjon va Gruziya mamlakatlariga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Belorussiya, Ozarbayjon va Gruziya mamlakatlariga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida tashkil qilingan Markaziy Eksport shtabida Belorussiya, Ozarbayjon va Gruziya mamlakatlariga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish guruhi tashkil etildi.

Maxsus shtab orqali eksport qilish imkoni mavjud bo‘lgan mamlakatlar ro‘yhati

Siz bu imkoniyat orqali o‘z mahsulotlaringizni yuqoridagi mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘gri ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Murojaat uchun:

+998997232111

Singapurning yirik savdo majmuasi vakillari import maqsadida O‘zbekistonga keladi

Mohamed Mustafa and Samsuddin Co Pte Ltd kompaniyasi maʼlum qilishicha, uning vakillari j.y. 20-24 avgust sanalari Toshkentga tashrif buyuradi.

Oziq-ovqat, meva-sabzavot, qandolat mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlarni Singapurga import qilish yuzasidan maxalliy ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni rejalashtirgan.

Siz yuqorida ko‘rsatilgan eksport mahsulot ishlab chiqarsangiz, ushbu tashrifni eʼtiborsiz qoldirmang. Zero, bu eksport salohiyatingizni oshirish va networking uchun yaxshi vaziyat.

Murojaat uchun:

+998997232111

@UFIA_uz

O‘zbekistondagi ilk marta bo‘layotgan «Made in Pakistan» ko‘rgazmasiga tashrif.

Bugun, 28-iyun kuni Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmed Faruq taklifiga binoan tashrif buyurdi. Tashrifi chog‘ida bir qancha Pokistonning yirik eksportchi korxonalari, MG Agro Foods, F.A. International, Umar Ibn Agro Enterprises, Asian Natural Products, TKS Natural Stones, Hadroi Livestock & Meat bilan muzokalar o‘tkazdi.

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli eksportyorlar

Endi o‘z mahsulotlarini xorijga eksport qilish istagida bo‘lgan esportyorlarmiz Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan BMB-NRC Agrologistics- O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining quyidagi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin:

1.Mahsulotlarni qabul qilish va saralash;

2. Tayyor holatga kelgan mahsulotlarni qadoqlash va o‘z brendingiz ostida maxsus konteynerlarga joylash;

3. Belgilangan xaroratda sovutish hamda sifatli holatda saqlash;

4. Bojxona, deklarantlar, bank xizmatlari hamda fitosanitar hujjatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish;

5. Import qilinayotgan mahsulotlar uchun kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatadigan bojxona ombori xizmatlari;

6. Yuk mashinalaringizning xavfsizligi uchun TIR Parking xizmatlari.

Shuningdek, majmuamizda barcha qulayliklarga ega hostel va oshxona xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bir nechta xizmatlarimizdan foydalansangiz, maxsus chegirmalar ham mavjud. Narxlar borasida batafsil maʼlumotlarni

+998957802299

+998957782299

raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »