Amerikalik olimlar chili qalampirining hosildorligini oshirib, sifatini yaxshilashga erishmoqda.

Nyu-Mexiko shtati universiteti tadqiqotchilari eng yirik chili yetishtiruvchi shtatda hosildorlikni oshirish uchun ushbu turdagi qalampirning ozuqaviy moddalarga boy, yuqori mahsuldor navlarini yaratish ustida ishlamoqda.

Loyihaning maqsadi belgilar ortidagi genetik asosni yaxshiroq tushunish orqali yaxshilangan ozuqaviy sifat va hosildorlikka ega chili qalampiri navlarini ishlab chiqishdir.

Tadqiqotchilar Nyu-Mexiko qalampirida meva morfologiyasi, ozuqaviy moddalar tarkibi, hosildorlik bilan bog‘liq genetik markerlarni aniqlash uchun genom bo‘ylab assotsiatsiyalar tadqiqotidan foydalanyapti.

Yakunda tadqiqotchilar chili qalampiridagi meva morfologiyasi va ozuqaviy moddalar tarkibini yaxshilovchi molekulyar markerlarni ishlab chiqishadi.

Loyiha USDA tarkibiga kiruvchi Milliy oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi institutining qariyb 489 ming dollarlik granti hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

«KASBIY TAʼLIMNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY ASPEKTLARI: MAQOMOTI VA ISTIQBOLI” mavzusidagi birinchi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

2022 yil 27–28 oktyabr kunlari

“Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlarining biznes hamda hukumat vakillari jamlanishdi.

Tadbirda Germaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob doktor Tilo Klinner, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov, shuningdek, bir qancha masʼullar ishtirok etmoqda.

Konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarida kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sektorlari uchun kasbiy taʼlim kabi masalalarni ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 9,5 mln. AQSH dollariga teng qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Rossiya – 8,2 ming tonna

– Qozog‘iston – 6,5 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 553 tonna

– Turkmaniston – 422 tonna

– Belarus R. – 206 tonna

– Mongoliya – 4,4 tonna

Manba: stat.uz

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Mahalliy biznes vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir kelishuv amalga oshirildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida mahalliy biznes vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir kelishuv amalga oshirildi.

Unga binoan, mamlakatimizdagi oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladigan loyihalar uchun 10 000 $ gacha grantlarni taqdim etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelishuv doirasida uyushmaga aʼzo korxonalarga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etib, ish samaradorligini oshirish uchun ham grantlar ajratish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining qadrli aʼzolari! Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Batafsil maʼlumotni quyidagi telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin:

+998997232111

+998712203313

So‘nggi kunlarda mamlakatimizdagi meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining avgust oyiga nisbatan o‘rtacha o‘zgarish holati

So‘nggi kunlarda mamlakatimizdagi meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining avgust oyiga nisbatan o‘rtacha o‘zgarish holati quyidagicha:

— Olma – 4,6 % ga arzonlashgan

— Limon – 8,0 % ga arzonlashgan

— Nok – 3,2 % ga arzonlashgan

— Shaftoli – 0,8 % ga oshgan

— Uzum – 7,9 % ga arzonlashgan

— Banan – 1,0 % ga oshgan

— Tarvuz – 1,7 % ga arzonlashgan

— Qovun – 2,2 % ga arzonlashgan

— Bodring – 17,4 % ga oshgan

— Pomidor – 36,0 % ga oshgan

— Sabzi – 1,0 % ga arzonlashgan

— Kartoshka – 1,8 % ga oshgan

— Piyoz – 7,2 % ga arzonlashgan

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘zbekistonda urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha Koreya tajribasi joriy qilinmoqda.

2025 yilga borib, Samarqand viloyatida import qilinadigan urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoj yuqori texnologiyali usullarda yetishtiriladigan mahalliy mahsulotlar hisobiga sezilarli darajada qisqartirilishi rejalashtirilgan.

2019 yildan boshlab, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida urug‘lik kartoshkaning beshta serhosil navini in-vitro usulida ko‘paytirish bo‘yicha Koreya tajribasini joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

in-vitro sharoitida yetishtirilgan urug‘lik kartoshkani 2023 yil bahorida ushbu hududning 1000 gektar maydoniga ekib, 30 ming tonnaga yaqin hosil olish nazarda tutilgan.

Ushbu loyiha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasiga tegishli 21 gektar yerda amalga oshirilmoqda. 6,5 gektar maydonda yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish tizimli zamonaviy issiqxonalar barpo etilgan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO) vakili Inna Punda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umrishayxov hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO) vakili Inna Punda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, xomashyo narxininig oshishi va tushishi kabi masalalar muhokama kilindi.

FAO vakili tomonidan o‘zaro xamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha takliflar kelib tushdi. Ularning orasidan xalqaro ekspertlarni mahalliy ishlab chiqarish jarayonlarini standartlashtirishga yordam berishlari uchun jalb qilish, aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratilgan bir qancha loyihalar mavjud.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 760,2 mln. AQSH dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi.

O‘zbekiston 2022 yilning 9 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Qozog‘iston – 517,4 ming tonna

– Rossiya – 380 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 121 ming tonna

– Xitoy – 61 ming tonna

– Afg‘oniston – 26,5 ming tonna

– Pokiston – 20,7 ming tonna

– Belarus R. – 18,6 ming tonna

– Tojikiston – 17,7 ming tonna

– Turkiya – 11 ming tonna

– Eron – 9,3 ming tonna

– Gruziya – 6,8 ming tonna

– Ukraina – 6,2 ming tonna

– Ozarbayjon – 5,5 ming tonna

– BAA – 4,2 ming tonna

– Germaniya – 2,7 ming tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Muhim yangilik!

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda “IMPERIYA” ko‘rgazma kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

“IMPERIYA” ko‘rgazma kompaniyasi – “PRODEKSPO”, “PETERFUD” kabi xalqaro ko‘rgazmalarni tashkil etgan, «Sentr Zakupok Setey» muzokaralar platformasiga rahbarlik qiluvchi Rossiyadagi yirik tashkilotlardan biri sanaladi.

«Sentr Zakupok Setey» esa biznes muzokaralar formati bo‘lib, unda oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida chakana savdo tarmoqlaridagi eng ishonchli, tezkor distribyutorlarni topish mumkin.

Shuningdek, platformada bir kun ichida biznes vakillari 50-120 ta yetakchi federal, mintaqaviy chakana savdo tarmoqlari bilan 20 tadan 40 tagacha individual muzokaralarni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.

Quvonarli jihati shundaki, endilikda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo tashkilotlar ham «Sentr Zakupok Setey» ga aʼzo bo‘lishi, tarmoqdagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Bugun O‘zbekistondagi 1-anor bayrami ilk bor Surxondaryo viloyatida o‘tkazildi.

«O‘zbekistonda bog‘dorchilik marketingiga texnik ko‘mak» loyihasi doirasida Anor yetishtiruvchilarning birinchi Respublika festivali 5-oktabr kuni o‘z ishini boshladi.

Tadbir O‘zbekiston anor yetishtiruvchilar uyushmasi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yosh fermerlar kengashi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ishtirokida tashkil etildi.

Festivalda xalqaro moliya tashkilotlari hamda Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Xitoy, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron kabi xorijiy davlatlar vakillari qatnashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko‘magida bir qancha anor yetishtiruvchi hamda anor sharbati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ham mazkur festivalda faol tarzda ishtirok etdi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »