Muhim yangilik

Endilikda Bojxona kodeksining 22-moddasiga asosan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan respublikaga import qilinayotgan ozik-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya – epidemiologik xulosa rasmiylashtirish uchun «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati yoki uning hududiy organiga murojaat qilingan taqdirdagina oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini(elektron arizasiga asosan) bojxona organlari tomonidan mahsulotni shartli chiqarib yuborish mumkin.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Endilikda piyoz eksporti taqiqlangan davlatlar qatoriga Qirg‘iziston ham qo‘shildi

Avvalroq Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston piyoz eksportini cheklagani haqida xabar berilgan edi. Endilikda piyoz eksporti taqiqlangan davlatlar qatoriga Qirg‘iziston ham qo‘shildi.

Mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatda uch oy davomida barcha turdagi piyoz eksporti taʼqiqlanishini maʼlum qildi.

Qirg‘iziston piyozining eksporti rasman 2023 yil 31 yanvardan 2023 yil 30 aprelgacha bo‘lgan davr uchun taʼqiqlandi. Piyoz eksportini taʼqiqlash oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash zarurati bilan izohlanmoqda.

Qirg‘iziston shu kunga qadar O‘zbekistonga piyoz eksport qilgan. Shunga ko‘ra, Qirg‘izistondan piyoz eksportiga qo‘yilgan taʼqiq O‘zbekistonda bu sabzavot narxi yana-da oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: EastFruit nashri

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »