2026 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida Ozarbayjonning yetakchi “ACR GROUP” kompaniyasi delegatsiyasi hamda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda sohaning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi:
– Oziq-ovqat xavfsizligi: Ishlab chiqarish zanjirida xalqaro standartlarni so‘zsiz taʼminlash;
– Innovatsion saqlash tizimlari: Xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlashning ilg‘or texnologik yechimlarini joriy etish;
– Sifat va muddat: Mahsulotlarning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, ularning yaroqlilik muddatini uzaytirish.
Xalqaro tajriba almashish va ilg‘or andozalarning integratsiya qilinishi mahalliy mahsulotlarning ichki bozordagi sifatini hamda tashqi bozorlardagi eksport raqobatbardoshligini yuksaltirishga xizmat qiladi
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi