Xiva shahrida xalqaro “Qovun sayli” festivali o’tkaziladi

????Qadimiy Xiva shahri yana bir bor milliy an’analar, betakror ta’mlar va unutilmas taassurotlar markaziga aylanadi. Joriy yilning 7–8–9-avgust kunlari Xiva shahridagi Ichon-qal’a va Arda xiva turistik majmualarida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturi doirasida mehmonlarni:

???? Turli hududlardan keltirilgan noyob qovun navlari ko‘rgazmalari;
???? Teatrlashtirilgan chiqishlar va folklor dasturlari;
???? O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari va mashhur xorij estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturlari;
???? Kechki payt osmonni bezaydigan yorqin mushakbozlik namoyishlari;
???? Xorazmning milliy taomlari va gastronomik ko‘rgazmalar;
???? Hunarmandchilik yarmarkalari va mahorat darslari;
???? Fotozonalar, xalq o‘yinlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda.

Oʻzbekiston Oziq-Ovqat Sanoati Uyushmasi barchangizni ushbu xalqaro festivalga taklif etadi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »