O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Professional ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Shayxnazar Sharafuddinov va Uyushma raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda «Roʻzmetov» va «Zarqand» kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarida dual ta’lim tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizimning afzalliklari hamda loyihada qatnashuvchi tashkilotlar uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar tushuntirildi.
Muzokaralar natijasida Uyushmaga a’zo boshqa korxonalarni ham ushbu loyihaga keng jalb etish va tizimni yanada rivojlantirishga qaror qilindi.