Investitsiyalar sohasini jadal rivojlantirishga oid qonun muhokama qilindi.

8 yanvar kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilinib, unda investorlar huquqlarini himoya qilish, investorlarning kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq qonunchilikni takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qonun loyihasida:

Adolatli va teng huquqli munosabatlar

Investitsiya faoliyatini himoya qilish

Investitsiya loyihalari uchun imtiyozlar ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar uchun talablar yumshatilmoqda: ustav fondidagi xorijiy sarmoyalar ulushi 15% dan 10% ga tushirilmoqda.

Yig‘ishda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B. Umirshayxov ekspert sifatida ishtirok etib yangi qonun bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida uyushma delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada qandolat, sog‘lom oziq-ovqatlar, sut, go‘sht, dengiz mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlarga qiziquvchi importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilar ishtirok etmoqda.

Bugun «INDUS FOOD»ko‘rgazmasida Hindistonning Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoati vaziri Chirag Paswan janoblari bilan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakili Bobur Rasulov, oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalasi bo‘yicha muhokama o‘tkazdi.

Biznes-ombudsman o‘rinbosari hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari bilan uchrashuv: Oziq-ovqat sanoati muammolari va yechimlari

Bugun, 9 yanvar kuni Biznes-ombudsman devonida oziq-ovqat sanoati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sohada ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda oziq-ovqat sanoatida import-eksport, sertifikatsiya, xom-ashyo, kontrafakt tovarlar, sotuv borasida mavjud muammolar muhokama qilindi.

Xitoyda xalqaro qadoqlash ko‘rgazmasi: SINO PACK 2025

Sino Pack – dunyo bo‘ylab eng yirik va nufuzli qadoqlash texnologiyalari ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, 2025-yilda o‘zining 29-marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir qadoqlash texnologiyalari, innovatsion yechimlar va sanoatning eng yangi ishlanmalari bilan tanishish uchun ideal maydon hisoblanadi.

Ko‘rgazmada nimani ko‘rishingiz mumkin?

– Zamonaviy qadoqlash uskunalari va materiallari

– Qadoqlashda qo‘llaniladigan robot va avtomatlashtirish texnologiyalari

– Logistika va omborni boshqarish uchun innovatsion texnologiyalar

– Ekologik qadoqlash materiallari va barqarorlik bo‘yicha yechimlar

– Oziq-ovqat, ichimliklar, farmatsevtika va boshqa sohalar uchun maxsus texnologiyalar

Kimlar uchun muhim?

– Sanoat tadbirkorlari

– Qadoqlash texnologiyalari bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar

– Oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari

– Innovatsion va ekologik yechimlarni qidirayotgan startaplar

Nega qatnashish kerak?

– So‘nggi texnologiyalar bilan tanishing

– Xalqaro hamkorlar bilan bog‘laning

– Mahsulotlaringizni bozorda yana-da samarali targ‘ib qilish usullarini o‘rganing

Dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

♦️mehmonxonada 3 kecha;

♦️ovqatlanish va kofe-breyk;

♦️B2B uchrashuvlar;

♦️Aeroportdan guruhli transferlar;

♦️Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha;

Joylar soni: 15 ta

2025-yilning 4-6 mart kunlari

Guanchjou shahridagi Xitoy import va eksport yarmarkasi ko‘rgazmalar markazi

+998932533444

+998948713313

12–20 DEKABR — OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YARMARKASI!

Tadbirkorlarga katta imkoniyat!

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda joriy yilning12 dekabrdan 31 dekabrga qadar tashkil qilinayotgan «Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi»da ishtirok eting va sotuvlaringizni ko‘paytiring!

Ishtirok etish BEPUL!

Barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qabul qilinadi!

Joylar cheklangan, shoshiling!

Nega ishtirok etish kerak?

– Mahsulotlaringizni katta auditoriyaga taqdim etish;

– Yangi mijozlar va hamkorlar topish;

– Yil oxirida savdo hajmini oshirish;

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil maʼlumot uchun:

+998333000063

Tadbirkorlar uchun bu – savdo mavsumini yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlash imkoniyati!

Anxor lokomotiv park(Angar)

2025-yil 8-10-yanvar kunlari Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida Janubiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat va taomlar sanoati uchun Indusfood-2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Shirinliklar va qandolat mahsulotlari;
  • Ziravorlar;
  • Organik va sog‘lom oziq-ovqatlar;
  • Choy va qahva;
  • Sut mahsulotlari;
  • Meva va sabzavotlar;
  • Yog‘ va moyli o‘simliklar;
  • Shakar va un;
  • Qurutilgan mevalar;
  • Ichimliklar;
  • Go‘sht, parranda go‘shti va dengiz mahsulotlari.

Indusfoodda 80 dan ortiq mamlakatlardan importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilarni o‘ziga jalb qilinishi kutilmoqda.

Indusfood xaridorlar dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

♦️ Aviachiptalarni to‘liq qaytarish;

♦️ 4/5 yulduzli mehmonxonada bepul nonushta bilan 3 kecha tunash;

♦️Biznes hamkorlarni topish uchun onlayn platforma;

♦️Aeroportdan guruhli transferlar;

♦️Viza yordami;

♦️Ishbilarmonlik muloqoti uchun Gala kechki ovqat;

♦️Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha.

Joylar soni: 15 ta

Murojaat uchun:

+998932533444

+998948713313

Jelato, Qandolat, Qahva, Nonvoyxona va Pitsa 138 000 m² innovatsiyalar, ustaxonalar va 1200 dan ortiq eksponentlarning demolari bilan to‘ldirilgan «SIGEP — 2025» ko‘rgazmasidan nimani topasiz?

Ertangi o‘zgaruvchan tendensiyalar va o‘rganilmagan didlar.

Biznesdagi eng ko‘p orzu qilingan imkoniyatlar

Uydan tashqari sanoat sohasidagi so‘nggi ishlanmalar

Dunyo bo‘ylab 180 mingdan ortiq professionallarga qo‘shiling

Rimini, Italiya / 2025 yil 18-22 yanvar

Murojaat uchun;

UFIA_uz
+998997232111

“UzAgroExpo-2024”, “UzProdExpo-2024” va “InterPackExpo-2024” xalqaro ko‘rgazmalarida dunyoning 13 davlatidan 120 dan ortiq kompaniya va brendlar!

REG-X.UZ saytida ro‘yxatdan o‘ting va katta miqyosdagi tadbirlarning bir qismiga aylaning!

XIX Xalqaro “UzAgroExpo-2024” ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

XIX Xalqaro “UzProdExpo-2024” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

VII Xalqaro “InterPackExpo-2024” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

O‘tkazilish sanalari:

20-21-22 NOYABR

O‘tkazilish joyi: “O‘ZEKSPOMARKAZ” MKK AJ

Toshkent, O‘zbekiston.

+998933900179

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan quyidagi vakolatlar taqdim etildi

  • Intellektual mulk obyektlarini aniqlaydi hamda ularning belgilangan tartibda milliy va xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun tegishli choralar ko‘radi;
  • Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni topshiradi;
  • Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarning xususiyatlari saqlab qolinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan mazkur geografik obyekt uchun xos bo‘lgan sharoitlar yo‘qolganligi to‘g‘risida hamda geografik ko‘rsatkich o‘ziga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish mumkin emasligi haqida xulosa beradi;
  • Geografik ko‘rsatkich bilan tamg‘alangan va ushbu Uyushmaga kiruvchi shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xususiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Uyushma aʼzolari faoliyatida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik holatlari bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etadi;
  • Uyushma aʼzolarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi haqidagi murojaatlarini adliya organlariga yuboradi;
  • Uyushma aʼzolarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi haqidagi holatlar aniqlanganda, adliya organlariga bu haqda xabar beradi;
  • Adliya organlari bilan birgalikda Uyushma aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda intellektual mulk huquqiga rioya etilish yuzasidan o‘quv-mashg‘ulotlar va seminarlar tashkilashtiradi;
  • Uyushma aʼzolari o‘rtasida intellektual mulk obyektlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazadi.

Murojaat uchun: @OzodovMirafzal

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »