2026-yil 8-10-yanvar kunlari Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida Janubiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat va taomlar sanoati uchun Indusfood-2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Shirinliklar va qandolat mahsulotlari;
  • Ziravorlar;
  • Organik va sog‘lom oziq-ovqatlar;
  • Choy va qahva;
  • Sut mahsulotlari;
  • Meva va sabzavotlar;
  • Yog‘ va moyli o‘simliklar;
  • Shakar va un;
  • Qurutilgan mevalar;
  • Ichimliklar;
  • Go‘sht, parranda go‘shti va dengiz mahsulotlari.

Indusfoodda 80 dan ortiq mamlakatlardan importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilarni o‘ziga jalb qilinishi kutilmoqda.

Indusfood xaridorlar dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

  • Aviachiptalarni to‘liq qaytarish;
  • 4/5 yulduzli mehmonxonada bepul nonushta bilan 3 kecha tunash;
  • Biznes hamkorlarni topish uchun onlayn platforma;
  • Aeroportdan guruhli transferlar;
  • Viza yordami;
  • Ishbilarmonlik muloqoti uchun Gala kechki ovqat;
  • Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha.

Joylar soni: 15 ta

Murojaat uchun:

+998998747124

@Ufia_2025

NME 2026 ko‘rgazmasi

O‘zbekiston kompaniyalarini 2026 yil 13–16 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro Next Mobility Exhibition (NME 2026) ko‘rgazmasiga stend bilan ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ko‘rgazma sayti

NME — bu Yevropadagi yetakchi platforma bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan:

  • Elektrotransport va elektrobuslar
  • Quvvatlash infratuzilmasi va energiyani saqlash
  • Aqlli mobillik va raqamli transport yechimlari
  • Green-tech va barqaror transport

2024 yilda ko‘rgazmaga 40 ta mamlakatdan 16 000 dan ortiq mutaxassislar tashrif buyurgan, ular orasida texnika ishlab chiqaruvchilar, operatorlar, investorlar va shahar maʼmuriyatlari bor edi.

Bu nega O‘zbekiston kompaniyalari uchun muhim:

  • texnologiya va loyihalarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkoniyati;
  • potensial hamkorlar va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar;
  • O‘zbekiston brendini yangi transport va “yashil” texnologiyalar markazi sifatida ilgari surish.

Tayyor stendlar (“pod klyuch”):

∙ 24 m² — €6,272

∙ 32 m² — €8,096

(ijara, qurilish, mebel, ro‘yxatdan o‘tish va hamrohlik xizmati kiritilgan)

EXPO Connect kompaniyasi, NME ko‘rgazmasining rasmiy mintaqaviy vakili sifatida, ishtirokchilarni Milandagi uchrashuvlarni tashkil etishdan tortib, ro‘yxatdan o‘tishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi.

Xalqaro hamkorlik imkoniyati!

2025-yil 27–29-oktyabr kunlari Xitoyning Veyfan shahridagi “Fuxua” xalqaro ko‘rgazma markazida III Xalqaro Weifang oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • Oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar (parrandachilik, go‘shtni qayta ishlash, sovutish va qadoqlash texnologiyalari)
  • Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
  • Qishloq xo‘jaligi vositalari (urug‘lar, ko‘chatlar, o‘g‘itlar, pestitsidlar, agro plyonkalar, asbob-uskunalar, yem-xashak va boshqalar)

Ishtirok etuvchi kompaniyalar uchun:

  • Mehmonxona (ikkita kishilik xonalar)
  • Oziq-ovqat taʼminoti
  • Shahar ichidagi transport xarajatlari — tashkilotchilar hisobidan

Avia va temiryo‘l chiptalari esa ishtirokchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

Batafsil maʼlumot uchun: @ufia_Muslima

18–20 noyabr kunlari uchta xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi:

  • 20 Xalqaro «UzAgroExpo – 2025» ko‘rgazmasi
    (Qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, agrokimyo, veterinariya, chorvachilik, parrandachilik)
  • 20 Xalqaro «UzProdExpo – 2025» ko‘rgazmasi
    (Oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar)
  • 8 Xalqaro «InterPackExpo – 2025» ko‘rgazmasi
    (Qadoqni ishlab chiqarish, omborlash, tamg‘alash va yorliqlash).

Mazkur tadbirlar kompaniyalarga to‘liq hamkorlik zanjirini taqdim etadi: agrosanoatdan tayyor mahsulotni qadoqlash va distribyutsiyagacha. Ko‘rgazmalar tajriba almashish, shartnomalar tuzish va zamonaviy yechimlarni ilgari surish uchun yagona platformani yaratadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tashkilotchilarga murojaat qiling:
«International Expo Group» MCHJ

Ma’lumot uchun telefon:
+998 (71) 238-59-59
+998 (93) 381-07-84
E-mail: info@ieg.uz
Facebook: @InternationalExpoGroup
Instagram: @ieg_uz
Telegram: @IEGUz
Veb-sayt: www.ieg.uz

2026 yil 16-20 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP 2025» ko‘rgazmasi bo‘ladi. Ushbu ko‘rgazmada pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • MUZQAYMOQ: muzqaymoq ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
  • QANDOLAT MAHSULOTLARI / SHOKOLAD: qandolat mahsulotlari va shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
  • NON VA BO‘TQALAR: non va pishiriq ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
  • PISSA: pissa tayyorlash uchun uskunalar, xomashyo va texnologiyalar
  • QAHVA: qahva qovurish va qadoqlash uchun uskunalar

Delegatsiya uchun UFIA tomonidan taʼminlanadi:

  • Butun delegatsiya uchun Bolonya aeroportidan guruhli transfer.
  • Ko‘rgazma markaziga barcha kunlar uchun butun delegatsiyaga bepul kirish chiptasi.
  • Har bir delegatga yashash yoki transport xarajatlari uchun 100 yevro miqdorida kompensatsiya.
  • Kompensatsiya tadbir davomida naqd pul shaklida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.

Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilib qolamiz.

Xurmat bilan, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi.

Ro‘yhatdan o‘tish:

+998932533444

SIGEP WORLD: Oziq-ovqat xizmatlari sohasidagi mukammallik uchun Jahon Expo ko’rgazmasi, 2025-yil 18-22-yanvar, Italiya

SIGEP – Oziq-ovqat xizmatlari sohasidagi mukammallik uchun Jahon Expo kelasi yili yana Rimini (Italiya) shahrida o‘z eshiklarini ochadi va «Out-of-Home» sanoatining muhim vakillarini kutib oladi. Va bu safar undan ham ko‘prog‘iga guvoh bo‘lasiz!

Oziq-ovqat xizmatlari jamoasining zavqli sur’ati zamonaviy tendentsiyalarga qarash bilan jonlanadi: mahsulotlar, ingredientlar, uskunalar, jihozlar, qadoqlash yechimlari va texnologiyalar.
O‘zingizga mos bo‘lgan sektorni tanlang va dunyoning eng jonli hamda trendga mos tadbirlaridan birida ishtirok eting.

SIGEP WORLD – muzqaymoq sohasida raqobatsiz birinchi o‘rinda, shuningdek, Qandolat va Shokolad, Qahva va Novvoychilik sektorlarining eng yaxshi tanlovlari taqdim etiladi. Yangi sahifa sifatida esa butunlay Pitsaga bag‘ishlangan keng maydon ilk bor namoyon bo‘ladi – siz tasavvur qilgan barcha usullarda!

Barqarorlik, marketing va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha dolzarb mavzularni kuzatib boring, to‘g‘ri joyda kerakli odamlar bilan uchrashing.
SIGEP Vision orqali Oziq-ovqat xizmatlari sanoatining kelajagiga eng maxsus nazar tashlang va eng istiqbolli yangiliklarni kashf eting. Xalqaro tanlovlar, mukofotlar va startaplarni o‘rganing.

Bularning barchasi SIGEP WORLDda sizni kutmoqda.

SIGEPda bo‘lish uchun har doim sabab bor. Kelasi yili yanada katta va yaxshi tadbirga bizga qo‘shiling!

Bepul Chiptangizni oling

«Made in Uzbekistan» yarmarkasi – Ulan-Bator, Mongoliya!

Pechenye va shirinliklar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun 2025 yil 27–28 avgust kunlari Mongoliyaning Ulan-Bator shahridagi Savdo-sanoat palatasining Savdo uyida o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yirik «Made in Uzbekistan» yarmarkasi tashkil etiladi!

  • Mongoliya bozoriga chiqish imkoniyati
  • Yangidan-yangi hamkorlik va eksport shartnomalari
  • Mahsulotini olib boradigan tadbirkorlar uchun aviabilet xarajatining 50% Palata tomonidan qoplab beriladi!

+998932533444

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo korxonalar uchun yangi imkoniyat!

Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalarining masofaviy yoki kechki taʼlim shakllariga suhbat asosida o‘qishga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Bu imtiyozdan foydalanib, siz ham o‘z korxonangiz xodimlarini oliy taʼlim bilan taʼminlashingiz mumkin.

1-avgustga qadar xodimingizning maʼlumotlarini bizga taqdim eting.

1-15 avgust kunlari uyushma tomonidan bu maʼlumotlar DTMga topshiriladi va DTM suhbat jarayonini tashkil etadi.

Batafsil maʼlumot uchun:

+998997232111

Hindistondagi keng ko‘lamli Xalqaro savdo ko‘rgazmasiga taklif qilamiz!

2025 yil 25–29 sentyabr kunlari Greater Noida, Hindistonda bo‘lib o‘tadigan 3-Uttar Pradesh International Trade Show xalqaro ko‘rgazmasiga qatnashish imkoniyati!

Hosted Buyer sifatida qatnashuvchilar uchun imtiyozlar:

  • Yo‘lkira xarajatlari qoplab beriladi (Ekonom klass)
  • 2 kecha mehmonxonada yashash
  • Aeroport–mehmonxona transferlari
  • Savdo ko‘rgazmasiga kirish va biznes uchrashuvlarda ishtirok

Manzil: Greater Noida, Hindiston ????????

25–29 sentyabr, 2025 yil

+998932533444

Agar kompaniyangiz Hindistondagi, ayniqsa, Uttar-Pradesh shtatidagi eksportyorlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »